Rossiya yangi elektron viza joriy etmoqda. Bu nimani anglatadi

2021 yilning birinchi kunidan boshlab Rossiyaga elektron qisqa muddatli viza bilan tashrif buyurish mumkin bo‘ladi. Bu jarayon to‘rt kundan ko‘p bo‘lmagan vaqtni oladi. Sputnik yangi tartibdan kimlar foydalanishi mumkinligini o‘rgandi.
Sputnik

Vladivostok va Uzoq Sharq federal okrugi, Kaliningrad viloyati, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga sayohat qilish uchun 53 ta davlat fuqarolariga elektron vizalar berish pilot loyihasidan so‘ng - Rossiya mamlakatning istalgan mintaqasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi elektron, qisqa muddatli vizalarni olish imkoniyatini joriy qilmoqda.

O‘tgan juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaga qisqa muddatli tashriflar uchun 60 kungacha universal yagona elektron viza joriy qilinishini nazarda tutadigan federal qonunni imzoladi. Ushbu viza diplomatik, xizmat, oddiy, tranzit va vaqtincha yashab turish vizalari bilan bir qatorda alohida toifaga ega bo‘ladi.

Rossiya chet elliklar uchun yagona elektron viza joriy etadi - qonun

Shu bilan birga, safarning davomiyligi 16 kundan oshmasligi kerak. Biroq, Rossiyaning Turoperatorlari uyushmasining (ATOR) Sputnik agentligiga bergan izohiga ko‘ra, statistika bo‘yicha, chet el fuqarolarining Rossiya bo‘ylab safarlari o‘rtacha bir hafta davom etadi, shu sababli bu kunlar soni mamlakat hududida qisqa muddat davomida qolish uchun yetarli bo‘ladi.

113 mamlakat fuqarolari diqqatiga: Rossiya kirishni iloji boricha osonlashtiradi

Yangi vizani 2021-yil 1-yanvardan boshlab rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Rossiya TIV e’tibor shunga qaratadiki, Uzoq Sharq federal okrugi, Kaliningrad viloyati, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga elektron vizalar berish tajribasini o‘tkazish jarayonida muammoga duch kelingan - murojaat qiluvchilar ko‘pincha arizani to‘ldirishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar, bu esa vizani rad etishga sabab bo‘lmoqda. Yangi vizalar bilan bunday vaziyatlar ro‘y bermasligi uchun saytga qo‘shimchalar kiritildi va soddalashtirildi.

Aynan qaysi davlatlar fuqarolari yangilikdan foydalanishi mumkinligi hozircha aniq emas.

"Xorijiy davlatlar ro‘yxati RF hukumati tomonidan alohida tasdiqlanadi", - dedi Sputnik agentligiga Davlat dumasi jismoniy tarbiya, sport, turizm va yoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Natalya Kuvshinova.

Uning fikriga ko‘ra elektron qisqa muddatli viza talabgir bo‘ladi. Ushbu yangilik Rossiyada kirish turizmni rivojlantirishga qaratilgan, chunki bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlar aynan ichki va kirish turizmdir, dedi deputat.

"Menimcha, bu bir qator chet davlatlari fuqarolarining qator davlatlardan aynan RFni tanlashga imkon beradigan mexanizmlardan biridir", - deb hisoblaydi Davlat dumasi deputati.

Uzbekistan is my second home: O‘zbekiston yangi imigratsion viza joriy etadi

Ehtimol, fuqarolari elektron vizadan foydalanishlari mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga pilot loyihadan foydalanishi mumkin bo‘lgan 53 davlat kiritiladi. Ular orasida Yevroittifoq mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Hindiston. Ammo bu ro‘yxatga muqaddam AQSh, Kanada va Buyuk Britaniya fuqarolari kiritilmagan va ehtimol ularda elektron qisqa muddatli vizani olish imkoni hanuz bo‘lmaydi. TIVda ta’kidlashlaricha, ayrim hududlarga elektron vizalar bepul bo‘lgan tajribadan farqli o‘laroq, yangi viza 2021-yil yanvaridan pulli bo‘ladi. Narxi 50 dollardan oshmasligi taxmin qilinmoqda.

"Keyingi yil biz yangi elektron vizalar bugungi kunda amaldagi vizalardan qanchalik ommaviyroqligini bilib olamiz", - dedi deputat Kuvshinova.

RFga elektron vizalarni olish huquqiga ega bo‘lgan 53 ta davlatdan tashqari, yana 60 ta mamlakat fuqarolari ikki tomonlama xalqaro shartnomalar qoidalari asosida Rossiyaga vizasiz kirish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, TIVda ta’kidlashlaricha, 2021-yildan boshlab Rossiya hududiga qog‘ozli vizani talab qilmaydigan kirishning eng liberal rejimi dunyo aholisining deyarli yarmini tashkil etuvchi - 4 milliardga yaqin chet el fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.

Sayyohlar oqimi kamida 30 foizga oshadi

"Bu kirishni sezilarli darajada soddalashtirishdir, buni butun kiruvchi turizm ko‘p yillar davomida orzu qilgan. Asosiysi, elektron vizani olish haqiqatda juda oson bo‘lsin", - dedi Mayya Lomidze, Rossiya Turoperatorlari uyushmasi (ATOR) ijrochi direktori.

Neft, viza va kosmos: Rossiya va Saudiya Arabistoni 20 tadan ortiq hujjat imzoladi

Uning fikriga ko‘ra, elektron qisqa muddatli viza, hatto eng pessimistik taxminlarga ko‘ra, sayyohlar oqimini kamida 30 foizga oshiradi. Shuning uchun Lomidze ishonchi komil - yangilik faqat ijobiy tomonlarni olib keladi va uning yagona minusi "e’lon qilingan soddalashtirish aslida bunday bo‘lib chiqmasligida" bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, ATOR vitse-prezidenti Aleksandr Kurnosovning fikriga ko‘ra, hukumatning ushbu qarori sayyohlar oqimini hatto 40 yoki 50 foizga ham oshirishi mumkin, "va undan ham ko‘proq, chunki vizalarni bekor qiluvchi yoki sezilarli soddalashtirishlarni amalga oshirgan boshqa mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu ta’sir anchagina katta bo‘lishi mumkin".

"Ushbu qaror turizm bozori uchun aynan juda qiyin paytda qabul qilinganidan juda mamnunman",-  dedi u.

Kurnosov viza rejimini yanada liberallashtirishga umid qilmoqda - "viza amal qiladigan davrni ikki oydan kamida olti oygacha yoki bir yilga uzaytirishga va, ehtimol, kunlar sonini 16 kundan 30 kungacha uzaytirishga".

Shuningdek, ATOR vitse-prezidenti elektron viza qo‘llaniladigan mamlakatlar sonini ko‘paytirishga umid qilmoqda, "chunki bu ro‘yxatga Rossiyaga sayyohlarning kattagina sonini yuborgan davlatlar kiritilmagan - bu, masalan, AQSh va Buyuk Britaniya".

“Bu ijobiy bo‘lardi, ammo barchasi siyosiy vaziyatga borib taqaladi”, - deya xulosa qildi Kurnosov.