TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Davlat dumasi 2021-yil 1-yanvardan boshlab chet elliklar uchun Rossiyaga kirishda yagona elektron vizani kiritish to‘g‘risida qonunni qabul qildi.
Hujjat Davlat dumasi elektron bazasiga joylashtirildi.
Yagona viza bir martalik hujjat hisoblanadi. Viza ro‘yxatga olingan kundan boshlab 60 kunga mamlakatga kelgan kundan boshlab 16 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Yagona elektron vizani hujjat taqdim etilgan kundan boshlab to‘rt kalendar kunda rasmiylashtiriladi.
Elektron viza qisqa muddatli mehmon yoki ish safari, turist sifatida tashrif buyurish, shuningdek ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sport tadbirlarida ishtirok etish uchun beriladi.
Qonun Federatsiya Kengashida ko‘rib chiqilishi va Rossiya prezidenti tomonidan imzolanishi kutilmoqda.