Koronavirusga qarshi qozoq vaksinasi sentabrda sinovdan o‘tkaziladi

Sentabrda ko‘ngillilarda vaksinaning klinik sinovlari boshlanishi mumkin, ammo bu bosqich avval Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinani beshta mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarida sinab ko‘rdilar. Klinik sinovlarga qadar tajribalar 20-avgust kuni yakunlanadi, deb xabar berdi biologik xavfsizlik masalalari ilmiy-tadqiqot institutiga tayangan holda Sputnik Qozog‘iston.

Koronavirusga qarshi samarali dori vositasi paydo bo‘lmasligi ham mumkin - BSST rahbari

Ilmiy-tadqiqot instituti bergan xabarga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar ko‘ngillilar safida vaksinani o‘zida 26-iyul kuni sinovdan o‘tkazgan.

"Bu jonli virus bilan ishda shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirildi. Oradan bir necha sutka o‘tgach o‘zini his qilishi yaxshi, temperatura va allergiya yo‘q. Klinikga qadar sinovlar 20-avgustga qadar yakunlanadi, natijalar esa Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriladi", - deyiladi xabarda.

Kutilishicha, sentabr oyidan vaksinaning klinik sinovlari boshlanadi. Sinovlar Almati shahrida koronavirusga antitanachalari bo‘lmagan 44 nafar ko‘ngillilarda o‘tkaziladi. Buning uchun avvalo sog‘liqni saqlash vazirligi ruxsatnomasini olish kerak bo‘ladi.

Kuz faslining o‘rtalariga kelib, olimlar vaksinaning ikkinchi fazasini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ko‘ngillilarning taxminiy miqdori - 200 kishi. Olimlar prognozlariga ko‘ra, ikkinchi faza joriy yil dekabr oyida yakunlanadi.

Rossiyada bolalar uchun COVID-19 vaksinasi sinovi Yangi yildan keyin boshlanishi mumkin

"Agar BSST tomonidan nomzod vaksina klinik sinovlari natijalarini tasdiqlansa, Qozog‘iston NIIPBB qoshidagi immunobiologik dorilarni ishlab chiqaradigan zavod negizida vaksinani ishlab chiqarishni amalga oshirishga tayyor bo‘ladi ", - deya ta’kidladi institut.

Dekabr oyida qurib bitkaziladigan zavod yiliga 60 million dozaga qadar vaksina ishlab chiqarishga qodirligini ta’kidlash kerak.

Sputnik Qozog‘iston xabariga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19ga qarshi birinchi qozoq vaksinasi 9-may kuni ishlab chiqarilgan, oradan bir necha kun o‘tib u klinik sinovlarga qadar testdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan vaksina sifatida Butunjahon sog‘liqni saqlash vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Sal vaqt o‘tib, COVID-19ga qarshi ikkinchi qozoq vaksinasi BSSTda ro‘yxatga olingani ma’lum bo‘ldi.