Jeenbekov birinchi sinf o‘quvchilarini maktabda o‘qitishni taklif etdi

Qirg‘iziston prezidentining fikricha, birinchi sinf o‘quvchilarini masofadan o‘qitish nafaqat o‘qituvchilarga, balki ota-onalarga ham katta qiyinchilik tug‘diradi.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ta’lim vaziri va bosh vazirga birinchi sinf o‘quvchilarini masofadan turib emas, balki maktabda o‘qitish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi. Bu haqda u "Birinchi radio" (OTRK)ga bergan intervyusi davomida ma’lum qilgan.

Sharifxo‘jayev rus tili, onlayn-darslar va yangi o‘quv yili haqida

"Fikrimcha, masofadan turib o‘qitish, nafaqat o‘qituvchilar uchun, balki ota-onalarga ham qiyinchilik tug‘diradi. Shu bois tegishli organlar bilan ushbu masala hozirda ko‘rib chiqilmoqda", — dedi Jeenbekov.

U yaqinda ta’lim vaziridan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida ma’lumot olganini ta’kidlagan.

Maktablarni birinchi chorakda masofaviy o‘qitish bilan boshlash va so‘ngra epidemiologik vaziyatga qarab qaror qabul qilish rejalashtirilgan, deb qo‘shimcha qilgan Jeenbekov.

Charchoqdan shikoyat qilgan maktab o‘quvchisi uyquda koronavirusdan vafot etdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar mutaxassislari bilan birgalikda tegishli tadqiqotlar yakuniga ko‘ra mamlakatda o‘quv yili boshlanishining uchta ssenariysini taqdim etgan edi.

Ssenariylarning birinchisiga asosan, epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sayin, maktablar odatdagi tarzga qaytadi. SSV virus hamon faol va uni maktab o‘quvchilari orasida yuqtirish ehtimoli yuqori degan xulosaga kelsa, o‘quv yili onlayn rejimida boshlanadi. Uchinchi ssenariyga ko‘ra, maktablar har bir tumandagi epidemiologik vaziyatga qarab, ham o‘qishga bevosita qatnashgan holda, ham masofadan turib ishlaydi. Darslarga qatnashish erkin bo‘ladi, ya’ni agar ota-onalar o‘z farzandlarining sog‘lig‘idan xavfsirasa, masofadan turib o‘qitish rejimiga o‘tishlari mumkin. Yakuniy qarorni respublika maxsus komissiyasi e’lon qiladi.