TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan intervyusida farzandini rus sinflariga berishga shoshilayotgan ota-onalar, onlayn maktab masalasi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari xususida to‘xtaldi.
Sharifxo‘jayevning aytishicha, O‘zbekistonda bugungi kunda ta’lim jarayoni 7ta tilda olib boriladi. Ammo aksariyat ota-onalarda o‘z farzandlarini ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflarga berish istagi bor.
"Albatta, bu ularning huquqidir. Vazirlik esa o‘z navbatida, o‘qish sifatini ta’minlashi zarur. Sinflarda o‘quvchilar soni belgilangan meyorlardan oshib ketsa, o‘qituvchilar yetishmasligi boshlanganda - bu birinchi navbatda ota-onalar e’tiroziga sabab bo‘ladi. Sifatli ta’limning yana bir muhim elementi bu bolalar o‘quv materialini tushunib, ta’lim olayotgan tilda yaxshi gaplasha olishidir. Ammo agar ular yaxshi ko‘nikmalarga ega bo‘lmasa, bu jarayon bola uchun qiynoqqa aylanadi", - deydi XTV rahbarining birinchi o‘rinbosari.
Sharifxo‘jayevga ko‘ra, ota-onalar yana bir narsani tushunishlari kerak - ya’ni uyda bola bilan dars qilishi kerakligini, aks holda, ota-onalar o‘z farzandi o‘rganayotgan tilni yaxshi bilishmasa, bu bir qator muammolarga olib kelishi mumkin.
"Yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman, ta’lim - bolaga azob bermasdan, quvonch keltirishi kerak. Hurmatli ota-onalardan ta’lim tilini tanlashda yaxshilab o‘ylash zarur, bolangizni keraksiz noqulayliklarga duchor qilmasliklarini so‘raymiz”, - dedi Sharifxo‘jayev.
Onlayn-maktab
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil may oyiga qadar 180 dan ortiq mamlakatlar pandemiya davrida maktablarni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. O‘zbekistonda o‘quv jarayoni ham "Online-maktab" shakliga o‘tkazildi.
"Online-maktab" loyihasi doirasida to‘rtinchi chorak o‘quv dasturi masofadan turib amalga oshirildi. 17 ta fan bo‘yicha 3904 ta video dars barcha talabalarga uyda o‘qishni davom ettirishga imkon berdi. Darslar kuniga ikki marta televidenie orqali namoyish etilibgina qolmay, balki turli internet xizmatlarida ham bepul namoyish etildi.
"Shuni ta’kidlash kerakki, video darslar nafaqat bolalarga ta’lim berish mexanizmiga aylandi, balki ko‘plab pedagoglarga o‘z malakalarini oshirishga imkon berdi. Yangi o‘quv yiliga kelsak, hammamiz karantin tugashi va yangi o‘quv yilini haqiqiy maktablarda boshlashimizga umid qilamiz. Shu bilan birga, vazirlik maktab o‘quvchilari uchun ham, boshqa pedagoglar uchun ham maktabdan tashqarida qo‘shimcha material sifatida ishlatiladigan onlayn darslar amaliyotini davom ettiradi", - dedi Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari.
Yangi o‘quv yili
Sharifxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, o‘rta ta’lim tizimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bahorning oxirida boshlandi, hozir har tomonlama ishlar davom etmoqda. Bu moddiy bazani yaxshilash, o‘quv dasturlarini yangilash, darsliklarni tayyorlash va nashr etish, shuningdek pedagoglarning malakasini oshirish.
“Birinchi sinfga qabul qilish masalasiga kelsak, bu jarayonga 6-iyuldan start berildi. Karantin tufayli fuqarolarning hujjatlari iyul oyida mikrohudud doirasida qabul qilinadi, avgustda esa maktab imkoniyatidan kelib chiqqan holda mikrohududda yashamaydigan aholidan hujjatlar qabul qilinadi.
Maktablarda yangi o‘quv yiliga kelsak, afsuski, barchasi bizning istagimizga bog‘liq esa, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamma narsani aniqlaydi, biz o‘zimiz ham o‘quv yilini sentabrda maktablarda boshlamoqchimiz. Yaxshilikka umid qilamiz”, - deb qo‘shimcha qildi Sharifxo‘jayev.