AQSh hukumati Trampning 2019-yilda olgan daromadlarini oshkor qildi

Yetmish sakkiz sahifadan iborat hujjatda aytilishicha, amerika rahbari o‘tgan yilda 21,4 mln $ daromadga Floridadagi Mar-a-lago kurorti tufayli va 40,5 mln $ daromadga Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi oteli tufayli ega bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. AQSh prezidenti moliyaviy ishlar bo‘yicha etika idorasi Donald Trampning 2019-yil uchun yillik moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Tramp AQShda prezident saylovlarini qoldirish masalasini ko‘tardi

Yetmish sakkiz sahifadan iborat hujjatda aytilishicha, amerika rahbari o‘tgan yilda 21,4 mln $ daromadga Floridadagi Mar-a-lago kurorti tufayli va 40,5 mln $ daromadga Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi oteli tufayli ega bo‘lgan.

Hujjatda 2019-yil uchun ma’lumotlar keltirilgan, shu bois, koronavirusning prezident biznesiga ta’siri aks etmagan. Ba’zi hollarda biznesni koronavirus fonida kiritilgan cheklovlar tufayli yopishga to‘g‘ri kelgan.

Tramp qay tarzda Merkelning adabini berdi

AQSh yetakchisi, shuningdek, Beverli-Xillzdagi dang‘illama turar-joyni sotib, 13,5 million dollar daromad olgani haqida xabar bergan. Bundan tashqari, Tramp daromadining kattagina qismi uning dunyo bo‘ylab ko‘chmas mulkdan olgan daromadidan iborat, shuningdek, u "Bitimlar tuzish san’ati" kitobi uchun yiliga 100 ming dollardan ko‘proq qalam haqi oladi.

O‘tgan yili u Kinoaktorlar gildiyalari mukofotidan 77,8 ming dollar va Amerika televidenie va radio artistlari federatsiyasidan 8,7 ming dollar pensiya olgan.

Trampning 14 krediti bor, ularning beshtasining umumiy summasi - 50 million dollardan ziyod.

Wall Street Journal gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti biznesi 2019-yilda jami 446 million dollar daromad keltirgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 2,6%ga ko‘pdir.