Migratsiya, ta’lim va ishsizlik masalalari: Oliy Majlis Senati navbatdagi majlisni chaqiradi

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi 7-avgust kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Senat matbuot-xizmati.

Majidov: sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, "Ta’lim to‘g‘risida"gi, "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi, "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi,  "O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida"gi, "Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidan.

Bundan tashqari, “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, "Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Jarqo‘rg‘onda sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

Shu bilan birga, "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan, mamlakatda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hamda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati to‘g‘risida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament so‘rovlari yuborish masalasi ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.