Jarqo‘rg‘onda sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorlar Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi holatini o‘rgandi. Mazkur holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olindi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Senatning Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senatori Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi holatini o‘rgandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 9-iyuldagi qarorida harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari ro‘yxati bayon etilgan. Ushbu ro‘yxatga sud tizimi ham kiritilgan.

Biroq jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovchi R.Rahimnazarov shu sudga biriktirilgan xizmat mashinasida, Jarqo‘rg‘on tumani ma’muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovchisi shu sudga biriktirilgan xizmat mashinasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida, tuman markaziga kiraverishda blokpostda to‘xtatilgan va postdan o‘tkazilmagan.

Molotok sudi v Vaxitovskom rayonnom sude Kazani. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Surxondaryoda sudyalarning obro‘sizlantirilgani haqidagi xabarni o‘rganmoqda

Shu vaqtda postda bo‘lgan tuman hokimi Z.Davlatov boshchiligidagi ishchi guruh postdan o‘tish uchun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirishga uringan. Ularga qo‘pollik qilib, avtomashina kalitini olib qo‘yib, sud xodimini vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qamab qo‘ygan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha sud xodimlariga qasddan yengil tan jarohati yetkazish, sudya va sud xodimlarini obro‘sizlantirish, sudyaning xizmat avtomashinasi daxlsizligini buzish va boshqa holatlarga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holatga qonuniy baho berilishi senatorlik nazoratiga olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura Surxondaryoda sudyalarning obro‘sizlantirilgani haqidagi xabarni o‘rganayotgani va nazoratga olgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0