Qo‘y, mol go‘shti qanchadan sotilyapti? eng arzon va qimmat narxlar

Davlat statistika qo‘mitasi dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida, 28-iyul o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Narx barqarorligi, asossiz vahimani oldini olish: Bosh prokuraturada shtab tuzildi

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 40 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”ning arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (40 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 6000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da sotuvda bo‘lgan mayda piyozning narxi minimal narx sifatida (750 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining – “Eski shahar dehqon bozori”, Namangan shahrining – “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining – “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori” va “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Farg‘ona shahrining – “Markaziy dehqon bozori” da (1 500 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi.

GMdan mashina olmayman: o‘zbekistonliklar narx oshishiga qarshi fleshmob uyushtirishdi

Tuxum 6 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori” da sotuvda bo‘lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”. “Mirobod dehqon bozori” da va “Farhod dehqon bozori” qayd etilgan (12 000 so‘m).

Guruch 5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (“Nukus 2” navli guruch), Jizzax shahrining – “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining – “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori” va Guliston shahrining – “Guliston dehqon bozori” da 5000 so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 so‘m) kuzatildi.