TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy mamlakatda 3-avgustdan karantin yengillashtirilishini ma’lum qildi.
Sputnik Qozog‘iston nashri xabariga ko‘ra, karantin choralarining yengillashtirilishiga mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim darajasining pasayishi hamda hafta davomida o‘rinlarning bandligi 70 foizdan oshmasligi sabab bo‘ladi.
3 avgustdan ruxsat beriladi:
- savdo markazlari, savdo uylari, kun va vaqtini chegaralagan holda savdo tarmoqlari, yopiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat bozorlari;
- bolalarni korreksiyalash kabinetlari, o‘quv markazlari, bolalarning rivojlanish markazlari, 5 kishidan oshmaydigan guruhlarda to‘garaklar;
- navbatchi guruhlar rejimida maktabgacha ta’lim muassasalari;
- go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, kosmetik va kosmetologik, manikur va pedikur xizmatlarini ko‘ratuvchi markaz hamda salonlar;
- ijtimoiy masofalanishga rioya qilgan holda ochiq havoda shaxsiy va guruh mashg‘ulotlarni, shuningdek, 30 kishidan oshmagan holda sport bo‘yicha milliy terma jamoa mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
- aholining ko‘chalar bo‘ylab harakatlanishi, bog‘lar, xiyobon va qirg‘oq bo‘ylariga tashrif buyurish — uch kishidan oshmagan guruh holida;
Niqob, sanitariya va dezinfeksiya rejimiga va o‘rindiqlarning 50 foizdan ko‘pi to‘lmagan holda jamoat transportlarida belgilangan vaqt oralig‘ida tashishga ruxsat etiladi.
Quyidagi taqiqlar saqlab qolinadi:
- barcha turdagi ommaviy tadbirlar, kinoteatrlar, fud-kordlar, banket zallari.
- restoranlar, barlar, tungi va o‘yin klublari;
- madaniy obyektlar, muzeylar faoliyati, konferensiyalar, ko‘rgazma va forumlar o‘tkazish;
- sport zallari, fitnes-markazlar, basseynlar, plyajlar, akvaparklar;
- diniy obyektlar faoliyati;
- shahar tashqarisiga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari (elektrichka, ish poyezdlaridan tashqari), umumiy vagonlarni shakllantirish, shaharlararo avtobuslar (mikroavtobuslar) harakati.
Mamlakat SSV rahbari ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 5-iyuldan buyon 35 951 ta yangi koronavirus holati qayd etilgan. Cheklov choralari joriy etilgan vaqt mobaynida yangi holatlar ko‘payishi 29 foizga kamaygan. Bir sutka davomida o‘rtacha 1600 ta yangi kasallanish holati aniqlanmoqda.