Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti yaratilmoqda

Rossiyada 17 ta ilmiy muassasalarda koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqarilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Rossiyada 17 ta ilmiy muassasalarda koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova prezentatsiyasida ma’lum qilingan, deya yozadi RIA Novosti.

O‘zbekiston va Xitoy birgalikda koronavirusga qarshi vaksina sinovini o‘tkazishi mumkin

“Rossiyada 17 ta ilmiy muassasalarda koronavirusga qarshi vaksinaning 26 ta varianti ishlab chiqarilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bitta vaksina ko‘ngillilarda klinik sinovdan o‘tgan, “Vektor” markazi esa oltita turli texnologiya plamformalarida vaksina ishlab chiqarmoqda.

Avvalroq Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirusga qarshi emlash bepul va ixtiyoriy bo‘lishini ma’lum qilgan edi.