Pandemiya – imkoniyatlar vaqti: Rossiya OTMlari MDH talabalarini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda

Ta’lim va yashashga chegirma, qo‘shimcha grant va bepul kurslar. Sputnik yetakchi Rossiya universitetlarining yangi o‘quv yilida MDH talabalari va abituriyentlari uchun imtiyozlarini o‘rgandi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Danara Kurmanova. Rossiya ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 297 ming naqar xorijlik tahsil oladi. Sputnik COVID-19 pandemiyasi vaqtida Rossiya universitetlari chet ellik talabalarni qanday qo‘llab-quvvatlagani va MDH abituriyentlari uchun qanday imtiyozlar borligini o‘rgandi.

G‘amxo‘rlik oliy fazilat

Mart oyidan, Rossiyada o‘zini o‘zi yakkalash rejimi joriy etilgandan boshlab mamlakatning barcha ta’lim muassasalari masofaviy shaklda ishlashga o‘tdi va chet ellik talabalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ustida bosh qotirishni boshlashdi. Bu haqda Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari Pavel Shvetsov Sputnik nashriga ma’lum qildi.

Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi

“Albatta, aniq yagona umumiy aksiyani ishlab chiqishning imkoni yo‘q edi, chunki universitetlar ko‘p, Rossotrudnichestvo esa ularning ta’sischisi emas, - dedi u. – Lekin biz maslahatlashuvlar olib bordik, yordam berishning ehtimoliy variantlarini muhokama qildik”.

Shevsovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab Rossiya OTMlari tushunishadi: inqiroz – bu ta’lim sifatining ko‘rsatgichi ham va u ham universitetlar, ham talabalar uchun imkoniyatlar vaqtiga aylanishi mumkin.

“Xorijlik talaba Rossiyada unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishayotgani va uning bu yerda bo‘lib turishi uchun qayg‘urayotishganini ko‘rganda uning taassurotlari talabalarning keyingi to‘lqinini jalb qilish uchun yaxshi asos bo‘ladi”, - deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitiruvchilar vataniga qaytib, ko‘rgan-kechirganlarini so‘zlab berishadi va bu juda muhim. OTMga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun universitet saytidagi dastur ta’rifi kamlik qiladi. Ular real odamlar fikriga tayanib ish ko‘rishadi.

Rubl bilan qo‘llab-quvvatlash

Rossotrudnichestva vakilining ta’kidlashicha, pandemiya boshlanishi bilan Rossiya OTMlari talabalar va hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun shaxsiy imtiyozlar tizimini hozirlashgan. U misol tariqasida Aloqa va informatika Moskva texnika universitetini (MTUSI) keltirdi. Oliygoh budjet o‘rinlarini ko‘paytirdi hamda bakalavriat va mutaxassislik dasturlari bo‘yicha pullik ta’limga 15 foizdan 20 foizgacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, MTUSI talabalari oshirilgan stipendiyaga da’vogarlik qilishlari mumkin. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqlardani rasmiy sahifalarida bildirilgan.

Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetidagi budjet shaklidagi ta’limga kirish imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin. Rossiyaning yetakchi tibbiyot universitetlaridan biri Pirogov nomidagi tibbiyot universiteti ham xuddi shunday strategiyani tanlagan. Qolaversa, oliygoh imtihon natijalariga ko‘ra pullik asosdagi ta’lim uchun chegirma taqdim etadi.

Ilm izlab Rossiya sari: pandemiya universitetda o‘qishga to‘sqinlik qilmaydi

Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) 2020-2021-o‘quv yilida ta’lim narxini oshirmasligini e’lon qildi. RUDNda kontrakt asosida o‘qiyotgan a’lochilar ham imtiyozlarga umid qilishlari mumkin – ular uchun 20 foizgacha chegirma ko‘zda tutilgan. Universitet matbuot xizmati ushbu qarorni talabalarni rag‘batlantirish uchun qabul qilinganini ma’lum qildi: talabalar anglashi darkor: ular behuda ta’lim olishmayapti, yaxshi baho evaziga o‘qish uchun kamroq pul to‘lash mumkin.

“MMFI” milliy tadqiqot va yadro universiteti ham ta’lim narxini o‘tgan yilgidek qoldirishga qaror qildi. Bundan tashqari, MDH kelgan talabalar ham o‘qishni Rossiya fuqarolari uchun belgilangan summa doirasida to‘lishlari mumkin. Biroq bu bilan MDHdan hujjat topshirayotganlar uchun, ehtimol, imtiyozlar to‘plami yakunlanmaydi.

“Hozirda biz keyingi chegirmalar haqidagi masalani ko‘rib chiqmoqdamiz”, - deya xabar qildi universitet matbuot xizmati.

Ko‘p OTMlardan farqli o‘laroq Moskva davlat universiteti (MGU) qo‘shimcha chegirmalarni ko‘zda tutmagan, zero qator MDH mamlakatlari fuqarolari universitetga Rossiya fuqarolari bilan teng huquqda kirishlari mumkin.

“Ushbu huquqqa Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, MDHning Rossiyada yashash guvohnomasi bo‘lgan MDH fuqarolari va xorijda doimiy yashab kelayotgan vatandoshlar ega, - deya ma’lum qildi MGU matbuot xizmati. Bundan tashqari, Rossiya va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida madaniy va ilm-fan to‘g‘risidagi bitim mavjud. U ham Moskva universitetida o‘qish uchun imkoniyat taqdim etadi”.

“Rossotrudnichestvo’ni katta o‘zgarishlar kutmoqda” – yangi rahbar kelgusi vazifalar haqida

O‘zingizni uyingizdagidek his qiling

Universitetlarning o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga o‘tganligi bois ko‘p MDH talabalari o‘z uylariga ketishni afzal ko‘rishdi, axir ta’lim masofaviy tarzda davom ettirildi. Masalan, RUDN pandemiya vaqtida vataniga jo‘nab ketgan talabalar uchun yotoqxonalarda yashash uchun to‘lovni bekor qildi.

Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbGU) ham xuddi shunday yo‘l tutdi. Rossiya davlat gumanitar universitetining (RGGU) yotoqxonalarda istiqomat qilayotgan talabalari o‘zlari bo‘lmagan vaqtda kommunal xizmat uchun pul to‘lamasliklari mumkin edi. MTUSI esa talabarni aprel oyi uchun yotoqxona to‘lovidan umuman ozod qildi.

Onlayn farog‘at

O‘zini o‘zi yakkalash vaqtida ko‘plar mustaqil bilim orttirish bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Shu munosabat bilan SPbGU 170 ta elektron ta’lim dasturini yaratdi va ulardan Rossiyada ta’lim olayotgan barcha talabalar foydalanishi mumkin.

89 ta OTMdan jami 335 ming nafar tinglovchi ularda qatnashgan va bu universitetni mamlakatda onlayn kurs sohasida yetakchi bo‘lishga turtki bo‘lgan.

Yirik raqamlar bilan RUDN ham peshqadam. Universitet yangi talabalarni qo‘llab-quvvatlashga 20 million rubl yo‘naltirgan – oliygoh xorijliklar uchun magistraturada o‘qish uchun 190 ta grant ajratgan. Dasturda MDH abituriyentlari ham ishtirok etishlari mumkin, asosiysi – portfolioni 10-avgustga qadar universitetiga yo‘llash.

Madaniy hordiq ham unutib qo‘yilmadi

O‘qish o‘qish bilanu, izolyatsiya rejimida o‘yin-kulgu, madaniy tadbirlarga e’tibor qaratish muhim edi, deydi Pavel Shevsov.

“Chet elliklar uchun bu umuman oddiy bo‘lmagan vaqt edi: yangi muhit, ustiga-ustak hech qayerga chiqish mumkin emas. Shuning uchun biz universitetlarga turli ijtimoiy va sport dasturlarini ishlab chiqishni taklif qildik. Bu talabalarning bekor vaqtini turfalashga qaratilgan edi”, - deya hikoya qiladi u.

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik talabalar saylovda ilk bor ovoz berdi

Rossotrudnichestvo taklifiga ko‘plab universitetlar quloq tutishdi. Bu haqda OTMlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qarab mulohaza yuritish mumkin: MIFI talabalarga onlayn-seksiyaga tashrif buyurishni taklif qilgan bir paytda, RGGU sport haqida videokanalni ishga tushirdi, Bauman nomidagi MGTU jonli efirda madaniy tadbir o‘tkazdi, RUDN esa turli kurslari bilan o‘rtoqladi – she’riyat to‘garagidan karate darslarigacha.

Imtiyozlar davom etadi

Bu bilan talabalarni qo‘llab-quvvatlash choralari o‘z yakuniga yetmaydi. Pavel Shevsovning so‘zlariga ko‘ra, Rossotrudnichestvo olimpiada o‘tkazish va xorijda iste’dodli bitiruvchilarni izlashda davom etadi. MDHning aksariyat mamlakatlarida saralash yakunlangan, faqat Turkmaniston qolgan.

2020-2021 o‘quv yilida Rossotrudnichestvoning xorijliklar uchun kvotalar soni o‘zgarmaydi – agentlik yana 15 ming nafar iste’dodli talabalarni qabul qiladi.

“Lekin hozir biz Oliy ta’lim vazirligi bilan kelajakda kvotalarni oshirish ustida ish olib borapmiz, - deydi Pavel Shevsov. – Hujjat ko‘rib chiqilmoqda, asosiy e’tibor MDH fuqarolariga qaratiladi.”