O‘zbekistonda COVID-19ga chalingan bemorlar soni 19,3 mingdan oshdi

Kechaning o‘zida O‘zbekistonning 7 hududida 492 kishida koronavirus aniqlangan, 4 bemor vafot etgan. Qurbonlarning barchasi ayol, ulardan biri — homilador bo‘lgan
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik.  Yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari O‘zbekistonda kechaning o‘zida 492 nafarga ortdi. Infeksiyalanganlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

ShHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida bayonot qildi

Bemorlar O‘zbekistonning 7 hududida qayd etilgan. COVID-19 virusini yuqtirganlarning 4  nafari vafot etgan: qurbonlarning barchasi ayol, ulardan biri — homilador bo‘lgan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda kasallik qayd etilgan jami 19 360 nafar bemordan 10 472 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 %ni tashkil etmoqda.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 782 nafar bemordan 138 nafari og‘ir, 40 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

Nurmat Otabekov koronavirusning og‘ir asoratlari haqida aytib berdi

Mamlakatda uy karantinida 67 298 nafar, statsionar karantinda esa 25 802 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabr kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi (Xubey provinsiyasi)dagi Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor qilgan edi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus bo‘lganini aniqladilar va infeksiya keyinchalik rasman COVID-19 nomini oldi. BSST 11-mart kuni koronavirus pandemiyasini e’lon qildi.

Ayni vaqtda butun dunyoda kasallanganlar soni 15,5 milliondan oshib ketgan. 633 630 kishi virus qurboniga aylangan.