ShHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida bayonot qildi

Norovning ta’kidlashicha, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar mintaqa maydonida epidemiyalar xavfiga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini qabul qilishni rejalashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Koronavirusning takroran tarqalishi xavfi saqlanib qolmoqda, deya bayonot qildi ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov.

Abbasov: kasal odam infeksiyani boshqalarga yuqtirishga haqqi yo‘q

"Obro‘li ekspertlar fikriga ko‘ra, vaziyat beqarorligicha qolmoqda va umuman epidemiya holati yomonlashgan holda virusning qayta tarqalish xavfi saqlanib qolmoqda. Shubhasiz, ushbu omillar ShHTning yangi tahdidlarga qarshi chora-tadbirlar qo‘llashida tezkorlikni talab qiladi, jumladan, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik mexanizmlarining samarali ishlashi uchun huquqiy bazani va algoritmni takomillashtirish zarur", - dedi Norov ShHTga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining uchinchi videokonferens aloqa shaklidagi yig‘ilishida qilgan chiqishi davomida.

Norovga ko‘ra, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan sammitida tashkilot a’zo-davlatlarning mintaqadagi epidemiyalar xavfiga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini qabul qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda karantin choralari nega uzaytirildi - tafsilotlar

"Davom etayotgan koronavirus pandemiyasi xavfining jiddiyligini inobatga olgan holda, birgalikda olib boriladigan sa’y-harakatlar va o‘zaro yordam ushbu favqulodda vaziyatni muvaffaqiyatli bartaraf etish va epidemiya tarqalishini to‘xtatish uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda" - dedi u.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgan edi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 15 milliondan ziyod bemorlanish holatlari qayd etilgan, 650 mingdan ziyod odam vafot etgan.