Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashgan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

Mukofotlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab kunlarda hayotini xavf ostiga qo‘yib, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, O‘zbekistonda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan bir guruh o‘zbekistonliklarga topshirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Farmonni imzoladi.

O‘zbekistonda karantin choralari nega uzaytirildi - tafsilotlar

Mukofotlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan murakkab va sinovli kunlarda hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, mavjud xatarlarga qarshi kurashish, infeksiya keng tarqalishining oldini olish, O‘zbekistonda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan bir guruh o‘zbekistonliklarga topshirilgan.

O‘o‘zining matonati, bilim va salohiyati, professional mahoratini namoyon etib, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, o‘z burchi va qasamodiga sodiq qolib, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yo‘lidagi ulkan jasorati va fidoyiligi uchun ular faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanmoqda.

Jumladan, besh nafar tibbiyot xodimi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Bular:

Axunov Olimjon - Namangan viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriolog shifokori

Alimov Anvar Valiyevich - Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

O‘zbekistonda karantin choralari nega uzaytirildi - tafsilotlar

Barotova Vinera Djurayevna - Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori

Liverko Irina Vladimirovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Musabayev Erkin Isakovich - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan

Akilov Xabibulla Ataullayevich - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori

Atabekov Nurmat Satiniyazovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya inspektori

Djapparova Gulsim Tanirbergenovna - Konimex tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionist shifokori, Navoiy viloyati

Qozog‘istonda vafot etgan shifokorlar xotirasiga tibbiy "o‘lmas polk" o‘tkazildi

Imamkulov Abdukayum Bazarovich - Jarqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionist shifokori, Surxondaryo viloyati

Matnazarov Ismoil Saidovich - Hazorasp tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limi shifokori, Xorazm viloyati

Mengliyev Zulfitdin Davronovich - Romitan tumani markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati

Mustafayev Xayrulla - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti bosh ilmiy xodimi

Novikova Natalya Borisovna - Mirobod tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi infeksionisti, Toshkent shahri

Ruziyev Murot Samadovich - G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionist shifokori, Qashqadaryo viloyati

Tanish-bilishlar shifokorlar ishiga xalal bermoqda – Samarqand SSB boshlig‘i

Rustamova Dildora Abdumalikovna - Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokori

Tuychiyev Laziz Nadirovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori

Xudaynazarov Odilbay Abdinaimovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi shifokori

I darajali «Salomatlik” ordeni bilan

Azimov Abduvaxid Vaxabjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i

Almardanov Shuxrat Qudratovich - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasining birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Asilova Muxayyo Ubayevna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori

O‘zbekistonda shifokor koronavirusning 21-qurboniga aylandi

Axmedjanova Umida Nizamovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi katta shifokori

G‘ofurova Umida Raximovna - Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionist shifokori

Dadabayev Fayzullojon Abdukaxarovich - Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokor-bakteriologi

Jumaniyazov Davronbek Xusainboyevich - Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

Qodirova Saida Niyozovna - Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limi hamshirasi

Mirkasimova Xolida Xafizovna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasi virusologiya bo‘limi boshlig‘i

Muminov Solijon Djalilovich - Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i

Parpiyeva Nargiza Nusratovna - Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

COVID-19ning ikkinchi to‘lqini qachon ro‘y beradi - shifokor izohi

Saydaliyev Saydimurat Saydiganiyevich - Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi direktori

Saidgaziyeva Xushnura Saidsaliyevna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasining bolalar o‘tkir gepatit kasalliklari bo‘limi mudiri

Salixbayeva Umida Saidovna - “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

Sattarov Xasan Ilxamovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi kardioterapevtik reanimatsiyasi bo‘limi mudiri

Tadjibayev Gafurdjan Xodjibayevich - Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazining o‘lat, epidemiologiya va bakteriologiya laboratoriyasi shifokori

Koronavirusni jilovlagan O‘zbekiston: o‘zbek shifokorlari Tojikistonga qanday yordam berdi

Xashimova Xilola Nazrullayevna - Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasi infeksionist shifokori

Xusainov Baxtiyor Raxmatovich - Kitob tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokor-infeksionisti, Qashqadaryo viloyati

Sharipova Kalbike Jumagaliyevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori

Yuldasheva Zaripa Mirmaxmudovna - Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasi shifokor-laborantiga topshirilgan.

Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati quyidagi havolada.