TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Shimoliy Koreyaning Lazarus xakerlik guruhi Rossiyada maqsadli hujumlarni amalga oshirishga urinmoqda, hujum qilish usullarini takomillashtirmoqda. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriya”si ekspertlari ma’lum qildi.
Kompaniya mutaxassislari 2018-yil bahoridan boshlab Lazarus MATA (dasturiy ta’minot tizimining tuzilishini aniqlaydigan platforma) yordamida hujumlarni amalga oshirayotganligini aniqladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u har qanday operatsion - Windows, Linux yoki macOS tizimda ishlaydigan qurilmani buzishi mumkin.
“Ushbu oyda Rossiyada Lazarus hujumlari Manuscrypt bekdoridan ishlatilganligi aniqlandi. Ushbu vosita boshqaruv serveri bilan ishlash va tarkibiy qismlarning ichki nomlanishida MATA bilan kesishgan nuqtalarga ega”, - deyilgan xabarda.
Polsha, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Hindistonda joylashgan tashkilotlar, shu jumladan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi, savdo kompaniyasi va internet-provayderlar zarar ko‘rdi.
Mutaxassislar hujumlarni tahlil qilingach, Lazarus guruhi bundan keyin ham dunyo bo‘ylab maqsadli hujumlarni amalga oshirish va o‘z usullarini takomillashtirishni davom ettiradi degan xulosaga keldi.