O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

SSSRdagi yangi olimpiya o‘yinlari barcha ittifoq respublikalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Musobaqalar 5 ta shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Ularni o‘tkazishda barcha respublikalar o‘z hissalarini qo‘shishgan.
Sputnik

Bunday yirik musobaqalarni tashkil etishda kim qanday yordam berdi – Sputnik maqolasida batafsil tanishing.

Sputnik, Anna Jelixovskaya, Dmitriy Matveyev, Lev Rijkov, Yekaterina Mikaridze

Olimpiadani qabul qilgan shaharlar

Olimpiada-80 ning e’tiborli jihati shundaki, Moskva ba’zi musobaqalar bilan “o‘rtoqlashgan”: Estoniya SSRda yelkanli regata, Kiyev (Ukraina SSR), Minsk (Belorussiya SSR) va Leningradda (RSFSR) futbol o‘yinlari bo‘lib o‘tgan.

SSSR Olimpiya qo‘mitasi prezidiumi a’zosi Andrey Kislov Sputnik nashriga ittifoq respublikalarda musobaqalarni o‘tkazish haqidagi qaror qanday qabul qilinganini hikoya qilib berdi.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli
“Do‘stlarimizni xafa qilib qo‘ymasligimiz va imkoni boricha turli respublikalarni jalb qilishimiz lozim edi, - deya xotirlaydi u. – Biz, tashkiliy qo‘mita Xalqaro olimpiya qo‘mitasi qoidalarini buzmaslik uchun ularni qanday jalb qilishni o‘ylab topdik. Bir necha shaharlarning to‘laqonli olimpiya shaharlari bo‘lishi uchun bu bizning katta mehnatimiz edi”.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ijozati bilan olimpiya mash’alasini Moskvadan to‘rtta shaharga Leningrad, Kiyev, Minsk va Tallinga olib o‘tdik. “Hamma shaharlar musobaqalarni oliy darajada o‘tkazdi, muammo kuzatilmadi, - deya eslaydi SSSR Olimpiya qo‘mitasi prezidiumi a’zosi. – Olimpiya o‘yinlari vaqtidagi biror bir yirik janjalni eslay olmaysiz-ku? Bu bo‘lmagan”.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

Olimpiya obyektlari nafaqat Moskvada, balki ittifoqning yana uch respublikasi poytaxtlarida barpo etilgan. Shaharlarning infratuzilmalari zamonaviylashtirilgan.

O‘zbek chavandozi va Olimpiada-80 boshqa SSSR qahramonlari – foto

“Futbol o‘yinlari o‘tkazilgan Kiyevda Olimpiada boshlanishidan bir muncha muddat oldin stadion va uchta yangi mehmonxona, restoranlar va qahvaxonalar qurilgan, - deydi tarixchi Yelena Istagina-Yeliseyeva. – Minskda “Dinamo” stadioni zamonaviylashtirilgan. Tallinda sport delegatsiyalarni qabul qilish uchun Olimpiya shaharchasi barpo etilgan, mehmonxona, dengiz vokzali, xalqaro aerovokzal, teleminora, sport zallari qad rostlagan. Yelkanli markazni shahar bilan bog‘lash uchun maxsus yangi avtomobil yo‘li qurilgan”.

Tallin qanday qilib Rigadan o‘zib ketdi

Nega yelkanli regata uchun Tallinni tanlashgan? Andrey Kislovning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta boshqa variantlar ko‘rib chiqilgan.

“Yelkanli sport borasida respublikalar o‘rtasida kurash bo‘lgandi, - deya xotirlaydi Kislov. – Quyidagi variantlar: Sochi, Riga, Tallin, Leningrad. Men, masalan, uni Leningradga berish tarafdori edim. Lekin yelkanli regatani o‘tkazish uchun birinchi raqamli nomzod sifatida Riga ko‘rilgan. Biz XXI Olimpiya o‘yinlariga da’vogarlik qilgan paytlarimizda (o‘shanda u Kanadaning Monreal nasib qilgandi) Riga varianti birinchi darajali edi”.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

Shunga qaramasdan Estoniya poytaxti olimpiya poygasida Latviya SSR poytaxtini ortda qoldirgan.

“Riga rahbariyati Tallin namoyish etgan abjirlikni namoyish etmagan. Tallinning shahar yutib chiqqan – juda g‘ayratli odam. Unga bir so‘z aytishing bilan, bir zumda ijro etadi. Tallin juda katta daromad olgan. Chunki agar respublika ro‘yxatga kiritilsa, u shon-shuhratdan tashqari moliyaviy yordam va o‘z zaxiralarini respublikaga sarflash imkoniyatini olardi”.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

Estoniyaning hatto o‘zining ramziy olimpiya belgilari bor edi: yelkanli sport uchun alohida, eston olimpiya timsoli – tulen Vigrini ishlab chiqishdi.

Uch mamlakat, ikki respublika

Ittifoq respublikalar bevostida ishtirok etgan yana bir muhim olimpiya tadbiri bu olimpiya olovi estafetasi edi.

“Yo‘l Ukraina va Moldova hududi bo‘ylab, jumladan, Kishinev, Chernovs, Xmelniskiy, Vinnitsa, Jitomir, Kiyev, Poltava, Xarkov shaharlari bo‘ylab o‘tgan, - deydi tarixchi Yelena Istagina-Yeliseyeva. – Ushbu aholi punktlariga Moskva yo‘lida xorijlik sayyohlar tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan edi. Shu bois ularning infratuzilmalarini zamonaviylashtirish va tashqi qiyofalarini yaxshilash qarori qabul qilingan”.

Olimpiada-80 sirlari: KGB, lo‘lilar baronlari va jinoyatchilarning chiqarib yuborilishi – video

Shunda qilib, estafeta yo‘li ta’mirlangan va milliy uslubda mehmonxona, kemping va restoranlar qurilgan.

Andrey Kislovning so‘zlariga ko‘ra, yuguruvchilar maxsus komissiya tomonidan saralab olingan. Qarindoshlari gapi yoki oshna-og‘aynigarchilik orqali biror bir kishining yugurish varianti haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasdi.

“Yuguruvchilarni Moskvadan olib kelmaganmiz. Respublikalarning o‘zi saralab olardi, lekin ular oshna-og‘aynigarchilikka yo‘q qo‘ymasligi kerak edi. Estefetaga olingan kishilar ma’lum yutuqlarga erishgan fuqarolar bo‘lishi shart edi. Eng asosiysi – olimpiya mash’ali. Libos yaponcha edi. Unga tayyorlagan yaponlar katta pul to‘lagan”.

Estafeta arafasida SSSR Olimpiya qo‘mitasi a’zolari kutilmagan muammolarni inobatga olish maqsadida bir necha bor yugurib o‘tiladigan yo‘lni bir necha bor ko‘zdan kechirishgan.

“Mashinada ketayotganimizda yo‘llarda odamlar to‘planib, mehmonga chorlardi. Biz to‘xtashga majbur bo‘lardik. Ular bizni yarim kundan buyon kutib turishgan ekan! Demak, qadah ko‘tarish, tamaddi qilish yoki hech bo‘lmagan tost aytish kerak. Yo‘limizda davom etamiz. 10-15 kilometr narida yana olomon to‘planib turibdi. Yana to‘xtashimiz kerak, chunki u yerda bo‘lajak olimpiya olovi delegatsiyasi bo‘lishi haqida xabar qilgandik. Barcha respublikalarda xuddi shunday holat kuzatildi. Ularning hammasiga besh baho qo‘yish kerak. Men buni o‘z mavqeyim va vazifamdan kelib chiqib baho berish vakolatiga ega bo‘lgan rasmiy shaxs sifatida aytapman. Asablarimiz buzilmagan”, - deya yodga oladi Kislov.

Bir yil o‘tib vaziyat takrorlanadi: olimpiya mash’ali o‘tish kerak bo‘lgan yo‘lda minglab, ba’zan o‘n minglab kishilar to‘plangan.

Mevalar vagoni

1980 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ittifoqning deyarli barcha respublikalaridan vakillar ishtirok etgan. Shuningdek, Olimpiadada Sovet Ittifoqining turli respublikalaridan bo‘lgan hakamlar ishtirok etgan. Barcha SSR olimpiya timsoli bilan suvenir ishlab chiqargan.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Olimpiada mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarii ko‘rsatish imkonini ham bergan. Maishiy yoki libos tovarlar sohasida sovet ishlab chiqaruvchilarining unchalik maqtangulik narsasi yo‘q edi. Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari bu boshqacha tus olgan. 1980-yil iyul oyida Dushanbedan Moskvaga meva ortilgan vagon yo‘lga chiqqan.

“SSSR Qishloq xo‘jaligi vazirligidan buyurtma kelib tushdi – Olimpiya o‘yinlariga eng sara va sarxil tojik mevalarini olib kelish, - deya eslaydi Tojikiston Akademiya fani botanika bog‘i bosh hisobchisi Alisher Saidov. – Hikmatullo Bo‘riyev, sobiq boshlig‘im, respublika Qishloq xo‘jaligi vazirligida lavozimli ishda ishlardi. O‘shanda u bu yuklarni jo‘natish bilan shaxsan shug‘illangan. Moskvaga respublika kolxoz va sovxozlarida yetishtirilgan eng sara 28 ta uzum navi keltirilgan”.

Olimpiada-80 O‘zbekistonda ish jadvalini qanday o‘zgartirib yubordi - To‘xtamirzayev

Mevalarni samolyotda jo‘natish imkoniyati bor edi, lekin Bo‘riyev sovutgichlar bilan jihozlangan vagonda jo‘natiladi deb turib oldi. Har bir yuk qog‘ozga o‘ralgan edi.

“Moskvada mevalarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi taqsimlardi, - deya hikoya qiladi Alisher Saidov. – Lekin aniq bilamanki, qaysidir bir qismi VDNXgacha yetib borgan va pavilonlardan biriga ko‘rgazmagan qo‘yilgan. Tojik uzumlari bilan chet ellik delegatsiyalar siylangan. Bo‘riyev ayrim uzum navlarini hatto Fransiyaga olib ketishganini aytgandi”.

Moskvada meva ekspeditsiyasi bilan qiziqarli holat ro‘y bergan. Ular kelishganda qayerdan kelishganini so‘rashgan. “Tojikistondan, Lenin tumanining “Kommunizm” kolxozidan, - deya javob berishgan mehmonlar. “Sizlar nima keltirdingiz? – deb so‘rashgan moskvaliklar. “Uzum, shaftoli, anor (ruscha tarjimasi granat. Granata qurol so‘ziga o‘xshash – tahr.)”, - deyishgan kolxozchilar. So‘ngra ular kutib olgani chiqqanlarning ranglari nima sababdan o‘zgarib ketganini anglashmagan. Bo‘riyev qutilarni ochib, bu qurol emas, balki meva ekanini ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston ham sarxil mevalarni jo‘natgan

Olimpiadaga O‘zbekiston SSRdan mevalar jo‘natilgan. Eng sara va sarxillari.

“O‘zbekiston Olimpiadaga eng yaxshi uzum, o‘rik, sabzavot yetkazib bergan, - deya eslaydi Sankt-Peterburgning tashqi aloqalar qo‘mitasi rahbarining maslahatchisi Ismat Kuchiyev, Olimpiada yillari O‘yin xavfsizligini ta’milagan SSSR KGB bo‘linmasida ishlagan. – Avvallari Moskvadagi “O‘zbekiston” Savdo uyiga rejali yetkazib berish bor edi. Olimpiada uchun eng yaxshi, eng sarxil mahsulotlar Meva-sabzavot savdo vazirligiga jo‘natilgan. U yerdan savdo shoxobchalariga chiqarilgan”.

Mevalar poyezdda olib kelingan. Meva vagonida chiptasiz Moskvaga buxorolik yosh kurashchi kelishga muvaffaq bo‘lgan.

“Buxoroda taniqli sambochi oila Yusupovlar yashaydi, - deya hikoya qiladi Ismat Kuchiyev. – Oilaning barcha a’zosi – SSSR sport ustalari. Ularning otasi meva vagoniga bepul o‘tirib, Moskvaga kelgan”.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

Aytgancha, Olimpiadagi kelish juda qiyin bo‘lgan: hammani ham olaverishmagan, viloyatdan 10-15 kishidan.

“O‘shanda Moskvaga yo‘llanma namunali ish uchun rag‘bat edi, - deya eslaydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti sobiq direktori Ravshan Abdullayev. – 10-12 kishidan iborat guruhimizni Farg‘ona viloyati qo‘mitasida tashkillashtirishdi. Bizni Moskvaga Olimpiada ochilishiga vakil qilib yuborishdi. Biz u yerda bir hafta bo‘ldik. Har bir viloyatdan taxminan 1-15 kishidan saralab olishgan. Yopilish marosimiga boshqa guruh jo‘natilgan edi. demak, butun O‘zbekistondan o‘shanda Olimpiya o‘yinlariga 100-150 kishi vakil qilib jo‘natilgan, lekin, bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.”

Mevalardan tashqari Moskvada o‘zbekistonlik oshpazlar va ofitsiantlarga talab katta bo‘lgan.

“Ular inturist” bolalar edi, - deya eslaydi. Ismat Kuchiyev. – Ularni ishga bo‘lgan jiddiy qarash ajratib turardi. Ular taom tortishni, chet tillarini bilishardi”.

Olimpiadadagi ichimliklar

“Ochilish va yopilish marosimlarida juda ko‘p vino bo‘lgan. Moldovan, gruzin, ozarbayjon vinolari bo‘lganini aniq eslayman. Konyaklar ham. Arman konyagi aniq bo‘lgandi”, - deya hikoya qiladi tarixchi Aleksandr Nikishin.

Gruziyaning vino-aroq mahsulotlari hamisha katta shuhratga ega bo‘lgan. Gruziyaga vino o‘lkasi sifatida poytaxt mehmonlari va sport delegatsiyasi a’zolarini Baxus ichimligi bilan ta’minlashi kerak edi.

Agar murabbiy, hakam, XOQ vakillarini alkogol ichimligini ichishda cheklamagan bo‘lsa, Olimpiadada sporchilarga ichish, albatta, taqiqlangan edi. Ularni faqat alkogolsiz ichimlik bilan ziyofat qilishardi. “Koka-kola”da ulg‘aygan G‘arb SSSRda surpriz kutib turardi. Xorijliklar bu mamlakatda amerika “Kola”siga o‘xshash narsa ishlab chiqara olishmaydi deb o‘ylashardi. Bu yerda esa tushlik va kechki taom vaqtida sportchilarga gruzin limonadi “Lagidze suvi” va mashhur “Borjomi” mineral suvini quyib uzatishardi. Gruziyaning o‘ziga xos “Kola”si amerika brendini dog‘da qoldirgan.

O‘zbekiston va boshqa respublikalarning Olimpiada-80 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi roli

O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida butun SSSR bo‘ylab turli ko‘plab korxonalari jalb qilingan: masalan, ayrim mehmonxonalardagi mebel Latviya SSRdan keltirilgan; maxsus avtotexnika Ukraina, Latviya, Gruziya va Armanistonda ishlab chiqarilgan; sport obyektlaridan elektron tablolar Ukraina SSRda ishlab chiqarilgan.