Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Guvohlar xotirasida Moskvada XXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilishi va yopilishining o‘ziga xosligi: ot go‘ngi, ilg‘ab bo‘lmas xavfsizlik xodimlari, AQShlik eng keksa muxlis va Mishkaning tasodifiy ko‘z yoshi.
Sputnik

Moskvada XXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilishi va yopilishining ishtirokchilari va guvohlarining ko‘plari, hatto qirq yil o‘tgach ham, o‘yinlarning ochilishi va yopilishidagi ko‘lam, bajarilishining go‘zalligi va barcha xizmatlarning benuqson muvofiqlashtirilishidan hayratda va faxrlanadilar.

Aleksey Stefanov, Lev Rijkov

Ikkala marosim ham Lujnikidagi V.I. Lenin nomidagi Markaziy stadionining Katta sport arenasida bo‘lib o‘tdi.

Stadiondagi go‘ng

Olimpiada-80 ning tantanali ochilish marosimi chiroyli boshlangan edi - arendadan o‘tayotgan qadimiy yunoncha kiyim kiygan yigit-qizlar bilan, jami 12ta ot qo‘shilgan uchta arava birga o‘tgan. Qog‘ozda ssenariy mukammal ko‘rinsa-da, lekin aslida birinchi mashg‘ulotda jiddiy muammo kuzatildi - otlar o‘tganidan keyin, ortidan ularning hayotiy faoliyati izlari qolishi ma’lum bo‘ldi.

“Muammo juda nozik edi - otlar tabiiy ehtiyojlarini chiqarishi tom ma’noda harakatning o‘ziga noo‘rin tus berishi mumkin edi. Shunda sport arenasi atrofida o‘ziga xos “okop” o‘ylab topishdi, unda qizlar ot orqasidan darhol tozalash uchun belkurak va supurgi bilan joylashgan. Aks holda Olimpiya o‘yinlarining minglab ishtirokchilar aravalari o‘tib ketgandan keyin, bu “quvonch”ni butun sport arenasi bo‘ylab tarqatishi mumkin edi”, - deb eslaydi Olimpiada-80 ochilish va yopilish marosimining xavfsizligini ta’minlash shtabi xodimi, FXXning zaxiradagi generali Aleksandr Mixaylov.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Davlat havfsizligi ko‘rinmas xodimlari

Olimpiada-80 o‘yinlarida xavfsizlik haqida juda ko‘p o‘ylashgan, garchi tashqi ko‘rinishidan umuman maxsus xizmatlar yo‘qday tuyulishi mumkin edi. Misol uchun, o‘yinlar ochilishi va yopilishida futbol maydonida tuzatish guruhini joylashtirishga qaror qilindi. Har bir burchakda oq olimpiya kostumlari va oq krossovka kiygan 18 nafar baquvvat yigit turardi.

"Biz ularni kutilmagan vaziyat ro‘y berganda ta’sir eta olishlari uchun deyarli barcha bo‘linmalar bo‘yicha tanlab oldik. Masalan, raqs dasturiga bir vaqtning o‘zida maydonda bo‘lgan 4,5 ming kishi kiritilgan. Har qanday holat ro‘y berishi mumkin edi - jarohatlar va boshqa muammolar ro‘y berganida tuzatish guruhining yigitlari o‘z vaqtida choralar ko‘rib yoki odamni maydondan evakuatsiya qilishlari kerak edi yoki biron bir tarzda butun tantana uchun minimal yo‘qotishlar bilan unga yordam berishlari kerak edi”, - deb davom etadi Aleksandr Mixaylov.

Moskva Olimpiadasida ishtirok etgan jurnalist Stanislav Taratinovning ta’kidlashicha, Olimpiada o‘yinlarida maxsus xizmatlarning mavjudligi hech qanaqasiga sezilmagan: “Hammasi shunchalar pardaga o‘ralganday ediki, ular umuman yo‘qday tuyulgan. Darvoqe, tomoshabinlar tribunalarga hech qanday tekshiruvsiz chiqishgan, ammo maxsus xizmatlar borligi sezilsa ham, lekin o‘zlarini bildirishmagan”.

Saksoninchi yillar olimpiadasi: Brejnev maktubi haqida afsona va boykot haqiqati

Ssenariy o‘ta maxfiy saqlangan

“Olimpiya o‘yinlarining ochilishi va yopilishini tayyorlagan rejissorlar jamoasi o‘zlarining barcha g‘oyalarini sir saqlashgan, bu biz uchun juda ko‘p yoqimsiz daqiqalarni keltirib chiqargan, chunki bizning vazifamiz shouning har bir elementiga o‘z tuzilmalarimizni moslashtirish edi. Nufuzimiz va ahamiyatimizga qaramay, ancha uzoq vaqt ssenariyni olishning imkoni bo‘lmadi”, - deydi Aleksandr Mixaylov.

O‘sha paytda “Komsomolskaya pravda” gazetasi sport bo‘limida ishlagan dokumentalist-yozuvchi Nikolay Dolgopolov ham, ohirgi vaqtgacha hech kim Olimpiada o‘yinlarini boykot qilgan mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar qaysi bayroqlar ostida o‘tishi va o‘yinlarni ochilishi va yopilishi dasturlari qanday bo‘lishini bilmagani haqida gapirib berdi.

“Odatda markaziy nashrlarda bu haqda oldindan va batafsil ma’lumot berilardi, ammo bunda hammasi so‘nggi daqiqagacha sir tutildi. Olimpiada ochilishidan bir necha kun oldin “Pravda”, “Izvestiya”, “Komsomolskaya pravda”, APN, TASS va boshqalarning o‘nlab jurnalistlari O‘yinlarning bosh repetitsiyasiga taklif qilindi, ammo ularga o‘z nashrlarida bu haqda hatto eslatib o‘tish ham qat’iyan man etildi”, - deb eslaydi bir necha yillardan keyin Rossiya Sport jurnalistlari federatsiyasi rahbari Dolgopolov.

U dasturning ko‘lami, sportchilarning hayratlanarli sinxronligi, ming kishilik ansambllarning chiqishlaridan hayratda qoldi. Shuningdek, jurnalistlar xonasi va VIP-tribunasi ro‘parasidagi Sharqiy tribunadagi minglab odamlar signal orqali karton qog‘ozlarni o‘girib, kepkalar va sharflarni almashtirib, natijada rang-barang jonli rasmlar paydo bo‘lgan jonli paneldan ham hayratda qoldi.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Buni qancha odam amalga oshirgani noma’lum - ba’zi manbalarda 4,5 ming odam, boshqalari esa besh ming odam ekanligi aytiladi. Aleksandr Mixaylovning ta’kidlashicha, “jonli suratlar”ni sakkiz ming askar yaratgan.

“Bosh repetitsiya paytida, biz - jurnalistlar va suratlarini o‘zgartirayotganlardan tashqari, stadionda hech kim bo‘lmagan - tribunalar bo‘sh edi. Ammo hammasi shu qadar uyg‘un va aniq ediki, Olimpiada ochilishi o‘sha paytdayoq o‘tkazilishi mumkin edi. Men olovni do‘stim - Sovet Ittifoqining eng yaxshi basketbolchisi Seroja Belov yoqadi deb umid qilgan edim. Ushbu umid bilan men undan intervyuni oldindan oldim, ammo hammasi o‘zgarib ketishi mumkin edi. Biroq repetitsiya paytida mening “Komsomolskaya pravda”dagi maqolam nashr etilishi va ish bajarilishi ma’lum bo‘ldi”, - deb mag‘rurlanadi Nikolay Dolgopolov...

Brejnevning kuyovidan tanbeh

Bosh repetitsiya tugagach, jurnalistlarni chiqish yo‘liga kuzatishdi, lekin Nikolay Dolgopolov va uning hamkasbi biroz ushlanib qoldi, yo‘qolib qolishiga oz qoldi, ularga xizmat darvozasi orqali yo‘l ko‘rsatildi. Va shunda ular umr bo‘yi xotiralarida o‘yib yozilgan “ibratli tasvir”ga shohid bo‘ldilar.

“Podpolkovnik unvonidan past bo‘lmagan yuzlab zobitlar safga rostlangan, ularning ro‘parasida esa ularni qattiq haqoratli so‘zlar bilan so‘kib, xavfsizlik yomonligi uchun tanbeh berayotgan general turar edi. Va bu mening nazdimda hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgan bo‘lganida ham. Podpolkovnik va polkovniklarga baqirgan bu kim bo‘ldi?! Va hamkasbim: “Haqiqatan ham kimligini bilmaysanmi? Bu Yuriy Churbanov - Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Galina Brejnevaning eri. U xavfsizlikni ta’minlagan. Va men: agar Churbanov hozir repetitsiyada biron bir xatoni topgan bo‘lsa, tantanali ochilishida hech qanday xato bo‘lmaydi, deb o‘yladim”, - deb eslaydi Dolgopolov.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh repetitsiya paytida stadionni harbiylar qurshashi rejalashtirilgan, ammo marosim ochilishiga bu g‘oyadan voz kechishga qaror qilingan.

Darvoqe, Sovet Ittifoqi milliy jamoasi ichida ham xavfsizlik pinhona ta’minlangan. Olimpiya mash’alini tashuvchilaridan biri yengil vazn toifasidagi bokschi, Xelsinki Olimpiadasining kumush sovrindori Leonid Karatayev bo‘lgan. Shu bilan birga, u nafaqat sportchi, balki KGB podpolkovnigi ham bo‘lgan.

To‘htatilgan odat - amerikaliklar bayroqni olishmadi

Moskva-1980 Olimpiya o‘yinlari mash’alasi tarixi va sirlari

Olimpiya protokoliga muvofiq Lujnikida bayroq ustunida to‘rtta bayroq ko‘tarilishi kerak edi:  hammasidan balandroq va kattaroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va uchta standart bayroq - O‘yinlar vatani Gretsiya, mezbon mamlakat - SSSR va keyingi Olimpiada mezboni - AQSh bayroqlari. Biroq, Amerikaning Moskvadagi o‘yinlarini boykot qilgani sabab, an’ana buzildi.

“Moskvadagi Olimpiadada ko‘zimga tushgan narsa AQSh davlat bayrog‘i o‘rniga ko‘tarilgan, o‘rtasiga gerb muhri urilgan noodatiy va quvnoq bayroq bo‘ldi. Bu keyingi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan Los-Anjeles shahrining bayrog‘i bo‘lib chiqdi. AQSh madhiyasi ham yangramadi - uning o‘rniga Olimpiya madhiyasi yangradi. Hatto Amerika shaharining meri ham kelmadi”, - deydi Stanislav Taratinov.

Olimpiya o‘yinlari yakunida, Olimpiya bayrog‘i estafetasi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Protokolga ko‘ra, bayroq O‘yinlar tugagan shahar meridan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi raisiga, uning qo‘lidan esa keyingi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan shahar vakiliga beriladi. Ammo Los-Anjeles meri Moskvaga kelmaganligi sababli, bu an’ana ham to‘xtatildi.

Olimpiya o‘yinlarini qoldirmagan bo‘ysunmas amerikalik

Stanislav Taratinov Olimpiada paytida ko‘plab sovet va g‘arb nashrlari amerikalik Nik Pol haqida yozganini eslaydi. Va u, bu afsonaviy shorti kiygan keksani ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi - o‘sha payt amerikalikning yoshi 88 da edi.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Nik Pol, zamonaviy tarixdagi birinchi - 1896-yildagiga ota-onasi uni bolaligida olib borganidan boshlab deyarli hamma Olimpiadada qatnashganligi bilan tanilgan. U faqat Berlin-36 va Tokio-64dan voz kechdi, chunki bu o‘yinlarni u siyosiy vosita deb hisoblagan. Ammo shu bilan birga u SSSR poytaxtiga uchib kelib, Moskvaga boykot qilishdan bosh tortdi va hatto 21-yoshli Den Patterson bilan birga o‘z prezidentiga bo‘ysunmadi.

“Prezident Karter Moskva Olimpiadasida AQSh bayrog‘ini namoyish qilishni taqiqladi, - deb yozgan The New York Times jurnalistlari. - Ammo Brejnev kelishidan qirq besh daqiqa oldin Ogayo shtati Xovard shahri fuqarosi Den Patterson va Nyu-Yorklik Nik Pol olti futli AQSh bayrog‘ini ochib uzatilgan qo‘llarida namoyish qilishdi. 103 ming kishini sig‘dira oladigan stadion tomoshabinlari ularni qarsaklar bilan olqishlashdi”.

Nega Mishka yig‘ladi?

Olimpiada-80 yopilish marosimi shuncha ko‘lamli bo‘ldi. Biz bilan suhbatlashgan SSSR barcha Olimpiada chempionlari, o‘yinlarning ishtirokchilari va mehmonlari ochilish naqadar katta bo‘lganidan, Sovet Ittifoqining O‘yinlarni qanday o‘tkazganidan g‘ururlagangan bo‘lsa, bunga qo‘shimcha ravishda yopilish marosimi shunchalar ta’sirli bo‘lganini ta’kidlashdi. Ko‘pchilikni O‘yinlar rejissori tomonidan boshqarilgan, yuqorida aytilgan tirik tasvirda Olimpiada Mishkasi ko‘zidan ko‘z yoshi oqishi hayratda qoldi.

Ammo afsonaviy ko‘z yoshlari rejada bo‘lmagan va tasodifan paydo bo‘ldi. Postanovka guruhi a’zosi Oleg Orlovning so‘zlariga ko‘ra, Mishka ko‘zi joylashgan joyda o‘tirgan yigit repetitsiya paytida bayroqchani ochishni unutgan. Badiiy fonni boshqargan Lev Nemchik esa buyruq berishni boshladi – “falon qator va o‘rin, bayroqni oching”, bu yerda tushunmovchilik ro‘y berdi va bayroqlarni bir necha kishi o‘girishdi. Nemchik “stop” deb buyurdi va takrorlashni so‘radi – shunda u bayroqlar asta-sekin yuqoridan pastga o‘girilganda, huddi ayiqchaning ko‘zidan ko‘z yoshlari oqayotganiday jarayonni ko‘rdi.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Topilma noyob ekanligi ayon bo‘ldi - sinxronlikni ishlab chiqish qolgan edi, xolos. Olimpiada ayiqchasining ko‘z yoshlari O‘yinlar yopilishining birinchi ta’sirli jihati bo‘ldi.

Ayiqning parvozi sir saqlangan

“Ishonch bilan ayta olaman – boshqa hech qayerda bizning yopilish marosimidagidaqa bo‘lmagan, men rasman 13 ta Olimpiya o‘yinlarida qatnashganman. Bu men ko‘rsa bo‘ladigan emas, balki tasavvur qilib bo‘ladiganning eng yaxshisi bo‘lgan. Biz boshlanishini uxlab qolib o‘tkazib yuborishimzga oz qolgan – men do‘stim va “Komsomolka”dagi hamkasbim, jurnalist, Olimpiadadan qaydlarini she’r tariqasida yozgan Aleksandr Shumskiy bilan o‘sha kunlarda juda ko‘p ishladik, nihoyatda charchaganimizdan, hali bo‘sh turgan stadionga oldindan kelib, matbuot tribunasida sukutda uxlab qolipmiz. O‘yg‘onganimizda atrofimizdagi hamma narsa to‘lgan va marosim allaqachon boshlangan edi”, - deb eslaydi Dolgopolov.

Uning iqror bo‘lishicha, stadionga o‘sha taniqli sakkiz metrli Mishka, tom ma’noda stadionga suzib kirib, Lev Leshenko va Tatyana Ansiferova “Do svidanya, Moskva” (Ko‘rishguncha, Moskva-tahr.)  qo‘shig‘ini kuylashni boshlaganida va ayiqcha osmonga ko‘tarila boshlaganida, ko‘z yoshlarini ushlab turolmay qoldi.

Faqat kumush medallar sof bo‘lgan: 1980-yilgi Olimpiada medallari haqida

“Biz jurnalistlar surbetmiz, Sasha Shumskiy esa har doim bizning Sovet voqeligimiz ustidan kulardi. Va birdan Mishka uchdi, va hisoblashimcha, barcha zamon va xalqlarning eng yaxshi sport qo‘shig‘i yangray boshlaganida menda ham ko‘z yoshlar oqa boshladi. Qarasam - Alik ham yig‘lab yubordi. “Dolgopolov - sen ham yig‘layapsanmi? Senku mayli, ammo men nimaga yig‘layapman?”- deb shunchaki savol berdi u. Atrofga boqdik - ko‘plab jurnalistlar, chet elliklar ham ko‘z yoshlarini artib turishipti”, - deydi Dolgopolov.

“O‘yinlarning yopilish vaqti qiziqarli tanlangan. Marosim boshlanganida hali beri kun yorqin edi, Mishka paydo bo‘lganida esa, qorong‘i tushgan edi va, ehtimol, rejalashtirilganidek, uning parvozi yorqinroq ko‘rinishi uchun projektorlar yordamida chiroyli yoritildi”, - deya qo‘shimcha qildi uning so‘zlariga Stanislav Taratinov.

Havo shari sirlari

Olimpiada yopilishi marosimida garoyib voqea ro‘y berdi, va u o‘sha paytda hazillar nishoniga aylandi. Parvozdan biroz oldin, bitta havo shari Olimpiada ayiqchasidan uzilib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

“Mishka uchib ketishi haqidagi ma’lumot maxfiy edi, - deydi SSSR Olimpiya qo‘mitasi Prezidiumi a’zosi Andrey Kislov. - Bu surpriz bo‘ldi. Ammo bu parvoz anchadan beri tayyorlanayotgan edi. Shuningdek, yuqori idoralarda kelishilgan edi. Bunga qarshi fikrlar ham bo‘lgan. Kimgadur bu parvoz Iso Masihning ko‘tarilishini eslatgan. Bu esa ayiqcha!”

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

Aksariyat tomoshabinlar ayiqchadan uzilib chiqqan sharga e’tibor bermadi.

“Men bu haqda juda ko‘p gaplarni eshitganman: “Sharmanda! Marosim paytida shar uzilib ketmasligi uchun mahkamroq bog‘lay olishmabdi! Shunaqayam tartibsiz xalq bo‘ladimi!” - deb eslaydi Andrey Kislov. - Eng tili zaharlar bu shar o‘zi uzilib, hammaning kulgisiga sabab bo‘ldi deb hisoblagan. Ammo u uzilib ketmagan! Sharni ilmiy hodimning o‘zi uchirib yubordi. Bori shu! So‘nggi lahzada, shu sharik orqali stadionda shamol bor-yo‘qligini, qanchalik kuchli va qaysi tomonga esayotganini aniqlashgan”.

Gap shundaki, sharlar gaz bilan to‘ldirilgan. Ular Mishkani to‘g‘ri yuqoriga uchirishi kerak edi. Ammo to‘satdan shamol esishi har qanday falokatga olib kelishi mumkin edi.

“Shamol Mishkani Olimpiya olovi kosasi tomon uchirishi mumkin edi, va shunda portlash ro‘y berishi mumkin edi, - deydi Andrey Kislov. - Uchish tezligi olimlar tomonidan hisoblab chiqilgan. Shu bilan birga, tezlik past bo‘lishi kerak edi, axir bu miltiqdan o‘q uzish emaski. Mishka asta sekin ko‘tarilishi kerak edi. U Olimpiya alangasidan yuqoriga ko‘tarilib yonib ketmasligi kerak edi – axir u yerda dahshatli harorat bo‘lgan. Va ko‘tarilgandan so‘nggina, ayiqcha erkin parvozga qo‘yib yuborildi”.

Mishka qayerdan topildi

Mishka aynan qayerga tushganligi haqida afsonalar hamon mavjud. Ba’zilar, ayiq Moskvaning turar-joy tumanidagi pivo do‘koniga qulab tushgan, uni deyarli buzib bu do‘kon cho‘pqatlarini qo‘rqitib yuborgan deb ta’kidlashgan. Kimdir u Lenin xiyoboni atrofida qo‘ngan deyishadi. Boshqalar esa Mishka Mojaysk suv ombori atrofida qo‘nayotganini va undan oldin Olimpiada timsolidan havoni chiqarib yuborib, irg‘ib chiqqan uchuvchini ko‘rganlari haqida mish-mishlar tarqatishgan.

Ammo bir necha yil o‘tgach, Mishkaning ishlab chiqarilishini nazorat qilgan, Rezina sanoat ilmiy-tadqiqot instituti Zagorsk filialining pnevmatik inshootlar bo‘limi boshlig‘i Vladimir Shpakov ayiqni boshqarish mumkin emasligini va uning ichida hech kim joylasha olmasligini ma’lum qildi - geliy tufayli unda nafas olish uchun hech qanday sharoit bo‘lmagan. Hatto Mishkani stadionga kirgizish uchun undan havoni chiqarib yuborish kerak edi - u kirish yo‘lagiga sig‘magan, keyinchalik unga darhol havo to‘ldirilgan.

Olimpiada-80 sirlari: tribuna qanday jonlangani va ayiqcha qayerga uchib ketgani haqida

“O‘yinlarning yopilishining ertasiga ertalab biz Mishkani tasodifan topdik. Menga bir o‘quvchimiz qo‘ng‘iroq qildi: “Siz Olimpiada haqida juda ko‘p yozgandiz, men familiyangizni yaxshi bilaman. Shuning uchun birinchi bo‘lib sizga qo‘ng‘iroq qildim - Mishka VDNXda yotibdi”. Men darhol u yerga yosh muxbirlarimizdan birini yubordim. Va “Komsomolskaya pravda” birinchi bo‘lib Mishkamiz qayerga tushgani haqida xabar berdi. Har holda menga shunday tuyuldi va bundan keyin bizdan ko‘chirishlar boshlandi”, - deydi Nikolay Dolgopolov.

“Bu yaxshi xotima bo‘ldi”, - deya qo‘shimcha qildi u.