TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ularni olib chiqish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Maxsus komissiya axboroti e’lon qilindi.
Shu bilan birga, ayrim turdagi farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish faqat maxsus komissiya qarorlari asosida amalga oshiriladi.
"Farmatsevtika mahsulotlarini eksport qilish uchun ruxsat berish tartibi keyinroq e’lon qilinadi", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston o‘ziga kerakli bo‘lgan dorilarning 21%ini ishlab chiqarishi, qolgan 79 % - import qilinishi haqida xabar bergan edik.