Rossiya AQShning "super-puper" raketalarini tutib olishga qodir, deb hisoblaydi ekspert

Petagon sal oldin gipertovushli qurol ishlab chiqarish sohasida Rossiya va Xitoydan orqada ekanligini tan olgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul - Sputnik. Rossiya AQShning gipertovushli raketasini, u amerika armiyasi qurollari safiga qabul qilingach,  tutib olishga qodir bo‘ladi, dedi RIA Novostiga juma kuni "Milliy mudofaa" jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko.

Rossiyaning "Antey" atom kemasi Boltiq dengizida nima qilyapti?

Sal oldin Pentagon prezident Donald Tramp "super-puper", deya atagan yangi gipertovushli raketa sinovlar vaqtida tovush tezligini 17 karra ortda qoldirganligini tasdiqlagan edi.

"AQSh Qurolli kuchlari gipertovushli qurolni qo‘lga kiritgach, bizning qo‘shinlarimiz turli nishonlarni, jumladan, gipertovushli nishonlarni ham tutib olishga qodir bo‘lgan beshinchi avlod S-500 zenit raketa tizimiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Rossiya qurollari orasida hozirda mavjud bo‘lgan S-400 va Buk-M3 hamda Tor-M2 tizimlari ham o‘z mas’uliyati chegarasida gipertovushli nishonlarni samarali yo‘q qilishi mumkin", - dedi Korotchenko.

Ekspert, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi gipertovushli texnologiyalar sohasidagi tafovut haqida gapirar ekan, gap bir necha yillar haqida borayotganini qayd etdi. Suhbatdoshning eslatishicha, to amerika gipertovushli raketalari parvoz sinovlaridan o‘tar ekan, RF QK qurollari safida bir nechta seriyadagi namunalar, jumladan, "Kinjal" va "Sirkon" deb ataluvchi dengiz gipertovushli raketasi turganini qayd etdi.

S-500 kosmosda gipertovushli qurollarni yakson qilishi mumkin - Rossiya Havo-kosmik kuchlari

Pentagon sal oldin gipertovushli qurol ishlab chiqarish sohasida Rossiya va Xitoydan orqada ekanligini tan olgan edi. Rossiyalik ekspertlar bu ortda qolishni taxminan besh yilga baholadilar.

S-500 "Prometey" "Yer-havo" zenit-raketa tizimlarining yangi avlodiga kiradi. Bu raketaga qarshi mudofaaning kuchaytirilgan qobiliyati uzoq masofalarda harakatlanuvchi va balandliklarda tutish imkoniyatiga ega universal kompleksdir. Ushbu istiqbolli tizim nafaqat ballistik, balki aerodinamik nishonlarni (samolyot va vertolotlar) va qanotli raketalarini ham yo‘q qilishga qodir.

S-500ning yo‘q qilish radiusi 600 kilometrga yaqin masofani tashkil etadi. Bundan tashqari, tizim soniyasiga 7 kilometr tezlikda uchayotgan o‘ntagacha ballistik supertovush nishonlarni, shuningdek, gipertovushli raketalarning jangovar bloklarini aniqlash va yo‘q qilishga qodir.  O‘z xususiyatlari bo‘yicha S-500 hozirda armiya qurollari safida bo‘lgan S-400 va uning amerikancha raqibi Patriot Advanced Capability-3dan ancha katta ustunlikka ega bo‘ladi.