Samarqandda yosh erkak o‘ldirildi va jasadi "Zarafshon"ga oqizildi

Jinoyatchilar erkakning o‘lganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortib, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi "Zarafshon" darosiga oqizib yuborishgan.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. Navoiy IESga qarashli suv o‘tqazish to‘g‘oni oldidan oqib o‘tuvchi "Zarafshon" darosi ichidan yoshi taxminan 40-45 larda bo‘lgan noma’lum shaxs murdasi aniqlandi, deb xabar qiladi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.

Toshkentda pul uchun bir fuqaro o‘ldirilib, murdasi burdalab tashlandi - video

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, noma’lum shaxs - 1975-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashagan T.Y ekanligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak janjal qurboni bo‘lgan.

12 iyul kuni Karmana tumanida qayni ukasi hamda qizi tomonidan urib o‘ldirilgan.

Jinoyatchilar erkakning o‘lganligini bilganlaridan keyin, uning jasadini eshak aravaga ortib, mahalla hududidan oqib o‘tuvchi "Zarafshon" darosiga oqizib yuborishgan.

Daroga tushib ketgan qirg‘izistonlik yigitning jasadi O‘zbekistonda topildi

"Mazkur qotillik hech bir fuqaroni befarq qoldirmasligi kerak. Respublikamizda davom etayotgan epidemik vaziyatda bu kabi murosasizlik kimningdir hayotdan ko‘z yumushi bilan yakun topishi juda ayanchli va tashvishli holat. Yuqoridagi kabi holatlarga sabab bo‘layotgan arzimagan tortishuv va kelishmovchiliklarga barham berish lozim, chunki inson hayotga bir marotaba keladi. Uni xayrli amallar bilan o‘tkazish ham, jinoyat yo‘liga kirib o‘zini badnom qilish ham uning o‘ziga bog‘liq. Viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv xodimlarining aniq va tezkorligi sabab mazkur jinoyat ochildi. Aybdorlar qonunda belgilangan tartibda albatta jazosini oladi", - deya fikr bildirdi holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik I.Tillayev.