TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. 17 yoshli qirg‘izistonlik o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakat FVVga asosan.
Yigit 14 kun avval Jalolobod viloyati Oksiy tumanidagi Norin darosiga tushib ketgandi. 10 kun davomida FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borishdi, ammo natija bermadi.
28 iyun kuni o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi. U daryo oqimi bilan olib ketgan. Uning shaxsi tasdiqlanib, shu kunning o‘zida jasad qarindoshlarga topshirildi.