Surxondaryoda sudyalar obro‘sizlantirilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tekshiruv o‘tkazgan va jinoiy ish ochish uchun asos yetarli degan qarorga kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida sudyalar obro‘sizlantirilishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jarqo‘rg‘onda sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olindi

Surxondaryo viloyati prokuraturasi o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jarqo‘rg‘onda sudyalarning omma oldida obro‘sizlantirilishi senatorlik nazoratiga olingani xabar qilingan edi.