Qilmishga yarasha javob: Xitoy AQSh amaldorlariga qarshi javob sanksiyalari kiritdi

Xitoy o‘z ichki ishlariga aralashgan, AQSh senatorlari va kongressmenlariga qarshi javob sanksiyalarini kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. Xitoy, AQSh senatorlari va kongressmenlariga qarshi jazo choralarini kiritmoqda bu haqida XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin xonimga asosolanib RIA Novoosti xabar bermoqda.

AQSh uyg‘urlar siyosati bilan bog‘liq Xitoy amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritadi

Avvalroq AQSh Xorijiy aktivlarni boshqarish boshqarmasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining (SUAR) jamoat xavfsizligi boshqarmasiga nisbatan inson huquqlarini buzganligi uchun sanksiyalar joriy etgan edi. Cheklovlar AQShda qabul qilingan “Global Magnitskiy” qonuni asosida kuchga kirdi. Hujjat inson huquqlarining buzilishi munosabati bilan sanksiyalar kiritilishini nazarda tutadi.

Cheklovlar Xitoy amaldorlariga, xususan, Markaziy Komitet Siyosiy burosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati partiya qo‘mitasi kotibi Chen Suango, xavfsizlik boshqarmasi partiya kotibi Xo Lyuszun, SUAR hukumati raisining o‘rinbosari Van Minshan va viloyatning partiya rahbarlaridan biri Chu Xaylunlarga ta’sir qildi. Ro‘yxatdagi shaxslarning AQShning yurisdiksiyasiga kiruvchi aktivlari va tashkilotlari faoliyati muzlatib qo‘yildi, shuningdek, amaldorlar bilan biznes aloqalar va ularning AQShga kirishi taqiqlandi.

“AQShning ushbu noqonuniy harakatlariga javoban, Xitoy bugun AQSh Kongressining Xitoy ishlari bo‘yicha qo‘mitasiga, AQSh Davlat departamenti Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha elchisi Sem Braunbekka, senatorlar Marko Rubio va Ted Kruzga, shuningdek kongressmen Kris Smitga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi”, - deb Xitoy rasmiy vakilining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning ta’kidlashicha, XXR AQShning Xitoy ichki ishlariga aralashishiga va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsiplarini buzishiga qat’iy noroziligini bildiradi.

Amerikadagi Xitoy OAVlari AQSh hukumati talabi bilan o‘z shtatini qisqartirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi, u xitoylik amaldorlarga qarshi sanksiyalar joriy qilinishini nazarda tutadi.

“2020 yilgi, uyg‘urlar huquqlariga nisbatan siyosat to‘g‘risidagi qonun” Xitoyning Shinjon mintaqasidagi ba’zi etnik musulmon ozchiliklarning inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzilishini qoralaydi va (bir qator) boshqa maqsadlarni, shu qatorda ayrim chet elliklarga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash vakolatlarini ham o‘z ichiga oladi”, - deyiladi Oq uy bayonotida.

May oyida XXR Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida uyg‘urlarga va boshqa musulmonlarga zulm o‘tkazishda xitoylik amaldorlarga cheklovlar qo‘yishga imkon beruvchi hujjat Kongressning har ikkala palatasi tomonidan ma’qullandi.

Avvalroq Sputnik  radiosi Tramp Xitoy rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.