Bu mamlakat jarlikka qarab ketmoqda. Prezident do‘stini qamoqdan saqlab qoldi

Kuni kecha Amerika prezidenti Donald Tramp siyosiy texnolog Rojer Stounni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi.
Sputnik

Buni AQSh tarixidagi burilish nuqtasi deb hisoblash mumkin – bu bilan Amerika siyosiy hayoti “anglosakson modeli”ning qay bir ma’nodagi chegaralangan rasmiy rejimidan, boshi anchadan beri fuqarolar urushidan chiqmayotgan Janubiy Amerikaning biron bir banan respublikasi yoxud Yaqin Sharq davlatiga tobora o‘xshab qolmoqda.

Stoun - Amerika prezidentining eski hamkori. “Trampning Rossiya uchun faoliyati” bo‘yicha tergov doirasida u “kongress oldida soxta guvohlik bergani”, shuningdek, prokuratura guvohlariga ta’sir ko‘rsatishga harakat qilgani va “adolatga to‘sqinlik qilgani”ga, ya’ni Amerika prokurorlari Oq uyda Rossiya agentlarini qidirishga qaratilgan “jodugarlarga qarshi ov”ga qarshilik ko‘rsatgani uchun 40 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Stoun unga va uning oilasiga kuchli tazyiq o‘tkazilganiga qaramay, prezidentga tuhmat qilishdan bosh tortgani uchun “Tramp uchun jafo chekkan” deb nom qozondi.

AQSh suriyaliklarni “ochlikdan o‘ldirish”ga urinish uchun Rossiya va Xitoyni jazolamoqchi

Nega Trampning qarorini bosqichli deb hisoblash mumkin.

Umuman olganda, G‘arbiy (Amerika) boshqaruv tizimining ulkan ustunligi elita ichidagi mojarolarning barcha ishtirokchilari bir necha asosiy qoidalarga rioya qilishida edi. Birinchidan, ichki siyosiy mojarolarda rangli inqiloblar texnologiyasini qo‘llash mumkin bo‘lmagan. Ikkinchidan, elita ichidagi mojarolarni hal qilishda, aslida milliy xavfsizlikni himoya qilishi kerak bo‘lgan davlat tuzilmalaridan foydalanib bo‘lmasdi. Uchinchidan, butun tizim barqarorligini va unga saylovchilarning ishonchini saqlab qolish maqsadida sud qarorlari hurmat qilinishi kerak bo‘lgan. Bu ichki siyosiy kurash oq qo‘lqoplarda va oliyjanoblik tamoyillari asosida olib borilishini anglatmagan, ammo qandaydir darajada o‘zaro hurmat, shuningdek, qarindoshlarni ta’qib qilishdan voz kechish va siyosiy muxoliflarni jismoniy yo‘q qilishga (yoki qamatishga) urinishdan voz kechish haqiqiy fuqarolik urushlaridan himoyani ta’minlagan va keyingi g‘olibga saylovlardan keyin vayronaga aylangan va qonga bulangan emas, aksincha, haqiqatan kuchlik mamlakatni boshqarishini kafolatlagan.

2016 yilda siyosiy raqiblarni ta’qib qilish bo‘yicha taqiqdan voz kechildi: Tramp kampaniyasining shiori “Uni qamang!” bo‘ldi (Hillari Klinton nazarda tutilgan), demokratlar esa, o‘z navbatida, Tramp va uning butun oilasi o‘z vatanlariga xiyonat qilganligi va Putinga ishlashda ayblanib (aniq soxta ayblov bilan) panjara ortiga ketishini ochiqchasiga orzu qiladilar.

2016 yilgi saylovlar bilan bir vaqtda, ichki siyosiy kurashda maxsus xizmatlardan bevosita va keng miqyosda foydalanish bo‘yicha (oldinlari kamdan-kam hollarda buzilgan) taqiqdan ham butunlay voz kechildi: FBR va SRU boshliqlari Tramp g‘alaba qozongan taqdirda “kafolat” yaratish yo‘lida ochiqchasiga ish olib bordi va bu “kafolat” “rashageyt”da va “ukrainageyt” uchun navbatdagi impichmentga urinishda qo‘llandi, va bu ikkala mutlaqo aqlsiz amaliyotdan Amerika jamiyatining bir qismi larzaga keldi: jamiyat o‘z xavfsizlik kuchlariga so‘zsiz ishonishga va ularning siyosiy fitnaligiga oid har qanday shubhalarni asossiz nazariyalar sifatida chiqarib yuborishga odatlanib qoldi.

Rangli texnologiyalardan foydalanishning dastlabki belgilari va hokimiyatni egallash uchun tartibsizliklarning “sinovi” bundan bir necha yil oldin ham qayd etilgan, ammo faqatgina 2020-yilda “ko‘cha”dan foydalanish taqiqiga barham berildi: Amerikaning deyarli barcha yirik shaharlarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar yaqqol aksil-prezident hususiyatga ega bo‘ldi va ular demokratchi-siyosatchilar tomonidan ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlangan qotillik va vandalizmlar bilan hamohang bo‘ldi.

Tanazzulga uchratadi: OAVlar Bayden prezidentligining AQSh uchun oqibatlari haqida

AQSh siyosatida “Anfan terribl” (sho‘x, erka-tahr.) maqomiga ega Trampning o‘zi ham o‘z shaxsiy tvitterida maxsus xizmatlar, demokratlar, sudyalar va OAVlarga qarshi olovli chiqishlarida obro‘sida turib, bir qator “qizil chiziqlardan” kechib o‘tmagani g‘oyat hayratlantirdi. U ko‘chadagi namoyishlarni bostirishda o‘ziga sodiq maxsus kuchlarni, siyosiy ta’qiblar uchun prokuraturani jalb qilmadi va hattoki qamoqda saqlanayotgan o‘zining sudlangan tarafdorlarini qutqarish uchun o‘zining avf etish imkoniyatlaridan foydalanishni rad etdi, chunki ular Trampga xiyonat qilishdan bosh tortdilar, va bu yerda general Flinni (milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi va Tramp saylov shtabining asosiy mutaxassisi) va siyosiy texnolog Rojer Stounni eslash kifoya.

Qo‘rquv, yoki zaiflik, yoki Trampgacha bo‘lgan siyosiy tizimni saqlab qolish istagi bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan Trampning “Janubiy Amerika qoidalariga muvofiq o‘ynashni” istamasligi, ko‘pchilik orasida, shu jumladan prezidentning o‘zini himoyasiz va aldangan deb his qilgan yuqori martabali yoki taniqli tarafdorlari orasida katta umidsizlikni va hatto nafratni keltirib chiqardi. Mana endi prezident, juda kech bo‘lsa ham, ular tomon yondoshdi.

Tramp Obamani davlatga xoinlikda aybladi

"Amerika ovozi"ning xabar berishicha: "AQSh prezidenti Donald Tramp, uning uzoq yillik do‘sti va maslahatchisi jazoni o‘tash uchun qamoqxonaga ketishidan bir necha kun oldin Rojer Stounga chiqarilgan hukmni yumshatdi. Oq uyning bayonotida shunday deyiladi: “Rojer Stoun ancha jabr ko‘rdi ... Unga va bu ishdagi boshqa ko‘plab insonlarga ham adolatsiz munosabatda bo‘lishdi. Rojer Stoun endi ozod!”

Trampning uzoq vaqtdan beri dushmani, respublikachi senator Mitt Romni, bu qadam Amerika siyosatining “eski qoidalari” nuqtayi nazaridan qanday qabul qilinishini tushuntirdi:

“Misli ko‘rilmagan tarixiy korrupsiya: AQSh prezidenti, prezidentni himoya qilishda soxta guvohlik bergani uchun sudda xukm chiqaruvchilarning qarori bilan mahkum qilinganga hukmni yumshatdi”.

Senator Romni shakl nuqtayi nazaridan haq, lekin mohiyati bo‘yicha nohaq - agar Tramp saylov shtabi vakillari siyosiy repressiyalarga duch kelgan, boshidan oxirigacha soxta bo‘lgan “Amerika saylovlariga Rossiyaning aralashuvi” bo‘yicha tergov bo‘lmaganida edi, unda prezident hech qanday shov-shuvli qaror chiqarmagan bo‘lardi. Endi esa AQShni banan respublikasiga aylanishining barcha unsurlari to‘plandi: maxsus xizmatlar siyosiy buyurtmalarni bajarmoqda, sudlar esa siyosiy qarorlar qabul qilmoqda.

Rossiya dushman emas. AQSh sobiq davlat kotibi Trampning noto‘g‘ri yondashuviga ishora qildi

COVID-19 sabab barcha cherkov xizmatlarini bekor qilgan, ammo shu bilan birga irqchilikka qarshi kurashni ro‘kach qilib ommaviy vandalizmaga ruhsat bergan demokratik partiya tarafdori bo‘lgan merdan boshlab, AQSh prezidentigacha bo‘lgan har bir amaldor “do‘stlarga - hamma narsa, dushmanlarga – qonun” tamoyili bilan yashamoqda. Siyosiy raqiblar va ularning oddiy tarafdorlarini yomonlash va odam qatoridan chiqarish shunchalar ko‘paydiki, bu vaziyat 2013-yildagi Ukrainani o‘xshata boshlayapti. Ko‘chalarda to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, shu qatorda ommaviy g‘alayonlar va ba’zi shaharlarda butun boshli kvartallari yoqib yuborildi. Uncha yoqimli bo‘lmagan ushbu manzarada mamlakatni parchalanib ketishiga nima yetmayapti? Albatta, mojaroning ikkala tomoni ham yaxshilik va yomonlikning so‘nggi jangi sifatida qabul qilayotgan prezidentlik saylovlari, unda nafaqat shartli Tramp yoki Bayden uchun, balki barcha ishtirokchilar uchun asosiy stavka - ularning hayoti va erkinligi.

Buzilib bo‘lgan siyosiy taqiqlarni qayta sanab o‘tish - saylovda yutqazgan shaxs o‘tmishdagi imkonsiz narsani amalga oshirishi kutilayotgan ssenariy foydasiga ahamiyatli dalildir: u shunchaki saylov natijalarini tan olmaydi va hokimiyat uchun kurash endi ko‘chada, qo‘llarda qurol bilan olib boriladi. Buni Tramp ham, Bayden ham amalga oshirishi mumkin. Ko‘p yillar oldin Amerika ichki siyosiy kurashida “qizil chiziqlar”ni belgilab qo‘ygan Amerika dono elitalari aynan shunday ssenariyning oldini olishga harakat qilishgan. Ammo imperiya yakunida odob-axloq qoidalari buzilishi odat tusiga kirgan, bu qoidabuzarliklarning oqibatlari o‘zini tez orada namoyon qiladi.

Manba: RIA Novosti