O‘zbekiston va YeI sheriklik va hamkorlik bitimi to‘g‘risida muzokara o‘tkazdi

Tomonlar muzokaralar jarayonida erishilgan natijalarni mamnuniyat bilan qayd etdilar va KShHB matnini kelishishni tezlashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar
Sputnik

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. O‘zbekiston va YeI vakillari Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundini o‘tkazdilar.

O‘zbekiston YeI “PBT+” imtiyozli tizimining benefitsiar mamlakati maqomini olmoqchi

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasi (KShHB) 1999-yildan beri amalda bo‘lgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni almashtiradi.

Tashqi ishlar vazirligi sal oldin Yevropa Ittifoqi bilan KShHBni joriy yilda imzolash rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi. Yangi hujjat bo‘yicha muzokaralar 2019-yil fevral oyida boshlangan.

Toshkentda muzokaralarning beshinchi raundini mart oyida o‘tkazishni rejalashtirilgandi, ammo COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli uchrashuvni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi.

Xabarda aytilishicha, 9-10-iyul kunlari siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruh doirasida videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalarga O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Sherzod Asadov va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha boshqaruv direktori o‘rinbosari Lyuk Devin boshchilik qilganlar.

O‘zbekistonda YeI ko‘magida o‘qituvchilar uyushmasi tashkil etildi

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va YeI, shuningdek Yevroittifoq a’zo davlatlari o‘rtasida oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar sezilarli faollashgani qayd etilgan

"Shu nuqtayi nazardan joriy yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi. Tomonlar muzokaralar jarayonida erishilgan natijalarni mamnuniyat bilan qayd etdilar va KShHB matnini kelishishni tezlashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar. Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekiston va YeI a’zo davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi", - deb xabar qiladi TIV.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian YeI va O‘zbekiston rasmiylari yangi keng qamrovli ikki tomonlama kelishuvga erishish uchun ko‘plab masalalarni, xususan, savdo-sotiq sohasida ishlashi kerakligini ta’kidlagan edi.