TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Jamoat shaklidagi “O‘qituvchilar uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Tashkilotning asosiy maqsadi davlat ta’limi tizimida ishlaydigan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi obro‘sini oshirish,- deyilgan xabarda.
“O‘zbekistonda o‘qituvchilar mustaqil uyushmalarining imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiya Markazi jamoat birlashmasini shakllantirishda amaliy yordam ko‘rsatdi.
“O‘qituvchilar uyushmasi” Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Uyushma, faoliyati o‘qituvchilarning jamiyatdagi obro‘sini oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan jamoalarni yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ta’kidlanishicha, “O‘qituvchilar uyushmasi” jamoat birlashmasi mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritadi.
Ma’muriyati habar berishicha, uning mintaqaviy filiallarining ochilishi va ishida ishtirok etishni istagan har bir o‘qituvchi ushbu tashkilotga kirishi mumkin.