"S5+1"ning hamkorlikni rivojlantirish dasturi e’lon qilindi

30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar "C5 + 1" formatidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturini kelishib oldilar.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh - "S5+1" formatida o‘tkazilgan uchrashuv qo‘shma bayonoti ommaga e’lon qilindi.

Bosim nuqtalari: AQSh yangi Markaziy Osiyo strategiyasida nima yashiringan?

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 30-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi va Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari "C5+1" formatida uchrashuv o‘tkazgan edilar.

Uchrashuv ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturini kelishib oldilar.

Unga ko‘ra:

- ishtirokchilar savdo va investitsiya bitimi (TIFA) bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishdilar. Shuningdek, "C5+1" iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishlari uchun imkoniyatlar yaratish va ularda Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi, Eksport-import banki va AQSh savdo vazirligining xalqaro savdo departamenti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Markaziy Osiyo davlatlari AQSh bilan halol ishlab bo‘lmasligini tushunmayapti - Klinsevich

Iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishchi guruh ayollarning iqtisodiyotda ishtirok etishlari uchun imkoniyatlarni yaxshilashga va "C5+1" iqtisodiy tiklanish va farovonlik ishtirokchilari sifatida ayollarni qo‘llab-quvvatlaydigan sohalarni aniqlaydi.

- Iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishchi guruh Afg‘onistonning tranzit salohiyatini rivojlantirishda hamkorlik imkoniyatlarini, shu jumladan Afg‘oniston bilan xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan keng ko‘lamli hamkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Iqtisodiy masalalar bo‘yicha ishchi guruh sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi; turizm; transport; axborot texnologiyalari; moliyaviy shaffoflik va barqarorlikni oshirish kabi sohalarni ham muhokama qiladi.

- Ikkinchidan, energiya va atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ishtirokchilar "C5+1" formati doirasida ishchi guruh ekspertlarining uchrashuvi uchun qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini integratsiyalashuvi va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishni rag‘batlantirish, shuningdek, havo va suv sifati sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun imkoniyatlar yaratishga kelishib oldilar.

AQSh Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi

Shuningdek, ishchi guruh innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali Markaziy Osiyoning ekologik jihatdan noqulay zonalarida, shu jumladan Orol dengizi havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash masalalarini ham muhokama qiladi.

Ishchi guruh atrof-muhit muammolariga moslashish bo‘yicha milliy rejalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boshqa mintaqaviy energetika loyihalari, qayta tiklanadigan energiya manbalar, energiya tejash va energetika sektorining barcha darajalarida ayollarning integratsiyasini masalalarni muhokama qiladi.

- Uchinchidan, ishtirokchilar "C5 + 1" ishchi guruhi doirasida tovarlarning erkin aylanishini, odam savdosi va noqonuniy tovarlarning oldini olish, yadroviy va radiologik xavfsizlikni oldini olish hamda xavfsiz va samarali chegaralarni ta’minlash choralarini muhokama qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi ayollar xavfsizligini oshirish, tinchlikni saqlash, mojarolarning oldini olish va ularga javob berish, terrorizm va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashda ishtirok etishga intiladi.

Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi, shuningdek, zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurash, terroristik tarmoqlar orqali onlayn-rekruting (yollash)ga qarshi kurashish, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga xalqaro majburiyatlarni bajarishga imkon berish maqsadida terrorizmga qarshi qo‘shma va mintaqaviy treninglar o‘tkazish masalalarini ham muhokama qiladi.