O‘zbekistonda koronavirus: 10-iyul asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 253 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 7 335 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Pandemiya vaqtidagi insonparvarlik

Bir sutka davomida 410 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 857  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 253 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika  bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 7 335 nafarga yetdi.

Ayni paytda 4 469 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 42 nafar bemor og‘ir ahvolda, 10 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holati

Surxondaryoda 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Termiz shahrida yashovchi R.A. 3-iyul kuni o‘zini yomon his qilgan, nafas yo‘llarida yallig‘lanish bo‘lgan. 4-iyulda “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va shifoxonaga yotqizilgan.

BSST koronavirus zaiflashgani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi

Unga "COVID-19" infeksiyasiga gumon, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 53 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Mahalliy avia va poyezd qatnovi

13 iyul dushanba kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar to‘xtatiladi. Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq xorijiy davlatlardagi fuqarolarni vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi.     

Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi. Shuningdek, karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazish temiryo‘l va avtobus tashuvlari orqali amalga oshiriladi.

Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar to‘xtatiladi

Vatanga qaytganlar

8-9 iyul kunlari “Jibek joli” – “G‘isht-Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolar o‘tkazildi.

Hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti.

Qaytib kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinda bo‘ladi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 12,4 milliondan oshdi, 558 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,1 mln), Braziliyada (1,8 mln), Hindistonda (793 ming).