Insoniyat uchun 2020-yil og‘ir keldi. COVID-19 pandemiyasi butun dunyo uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Koronavirusga chalinganlar soni deyarli barcha mamlakatlarda keskin o‘sa boshladi, bir vaqtining o‘zida dori-darmon, tibbiy buyumlar, sun’iy nafas olish apparatlari tanqisligi boshlandi. Pandemiyaning ilk kunlarida esa shaxsiy himoya vositalariga talab keskin oshdi.
Ana shunday og‘ir sharoitda O‘zbekiston o‘zining yaqin qo‘shnilarga va hamkorlariga birinchilardan bo‘lib yordam qo‘lini cho‘zdi. Insonparvarlik yordami epidemiya dastlab avj olgan Xitoyga, keyin Rossiyaga jo‘natildi. Shuningdek Eron, Ruminya, Tojikiston va Qirg‘izistonga ham yuborildi.Qozog‘istonda epidemiya avj olgan so‘nggi kunlarda esa ushbu qo‘shni respublikaga ham 2 mln dona himoya niqoblari va qo‘lqoplar yetkazib berildi.
Pandemiya sharoitida O‘zbekiston kimga va qancha yordam bergani haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.