Rossiya xorijga 600 ta SNO apparatini, jumladan, O‘zbekistonga yetkazib berdi

Simulyatsionniy sentr Irkutskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi
Rossiya xorijiy davlatlarga 600 donadan ziyod sun’iy nafas oldirish (SNO) apparatini yetkazib berdi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya xorijiy davlatlarga 600 donadan ziyod sun’iy nafas oldirish (SNO) apparatini yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Mirziyoyev 500 ta sun’iy nafas oldirish apparat xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi

“600 donadan ziyod sun’iy nafas oldirish (SNO) apparatlari allaqachon O‘zbekiston, Serbiya, Italiya va Belarusga yuklab jo‘natilgan”, - dedi Manturov Federatsiya kengashidagi hukumat soati davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek, u AQShga haroratni o‘lchaydigan terminal sotish bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan.