Tun davomida 121 kishida koronavirus tasdiqlandi

Toshkentda aholi orasida koronavirus aniqlanishda davom etmoqda. Tun davomida yana uch poytaxtlik koronavirus bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari 121 taga ko‘paydi.

“2020 yil 5-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 (+121) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Sirli yordamchilar. Aholining yarmini koronavirusdan nima himoya qilmoqda

Yangi kasallanganlarning 106 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3373 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.