O‘qituvchilar qog‘ozbozlik ishlaridan ozod qilindi

Umumta’lim maktab o‘qituvchilari yuritadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Endi ular faqat bittagina jurnal to‘ldirish bilan cheklanishadi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha - sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda

Xabar qilinishicha, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga o‘zgartirish kiritilgan. (Adliya vazirligidan 2020-yil 29-iyunda 3058-I raqam bilan ruyxatdan o‘tkazildi).

Birinchi sinfga qabul jarayoni qachondan boshlanadi - XTV javobi

Bu o‘qituvchilarga asosiy e’tiborini dars mashg‘ulotlarini yanada qiziqarli qilib o‘tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.

Barcha maktablarda fanlar bo‘yicha taqvim mavzuyiy rejalarini bir xillashtirish maqsadida, endilikda taqvim mavzuyiy rejalar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi va o‘quv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

“Milliy o‘quv dasturi”ning asosiy komponentlari doirasida barcha fanlardan “O‘qituvchi kitobi”ni  joriy etilishi maktab o‘qituvchilarining dars ishlanmasi (konspekt)ning o‘rnini to‘ldiradi.

Shuningdek, bosqichma-bosqich o‘qituvchilar va maktab jamoasi faoliyati xujjatlarni to‘ldirishiga qarab emas, balki maktab bitiruvchilarining hayotda muvaffaqiyatga erishishlari bilan baholanishga o‘tiladi.