O‘zbekistonda koronavirus: 2-iyul asosiy xabarlari

Bugunning o‘zida 119 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 5847 nafarga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

O‘zbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi

Bir sutka davomida 325 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8996 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 77 nafari Toshkent shahrida (shundan 30 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 47 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (barchasi aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi karantinga olingan fuqarolar orasida) aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 119 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika  bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 5847 nafarga yetdi.

Ayni paytda 3122 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 18 nafar og‘ir, 7 nafar o‘ta og‘ir ahvolda.

RNK test

O‘zbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi.

COVID-19 RNKsini ajratishga mo‘ljallangan diagnostik to‘plam O‘zR FA O‘simlik moddalari kimosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ta’kidlanishicha, uning klinik sinovlari Sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida o‘tkazilgan va ijobiy natijalarni ko‘rsatdi.

Chegarada qolgan fuqarolar

TIV Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar haqida bayonot berdi. Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar masalasi O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axborotiga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasi “Mashtakovo” va “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida O‘zbekiston fuqarolari to‘plangani kuzatilmoqda.

"Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

TIV Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar haqida bayonot berdi

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni Respublika maxsus komissiyasiga kiritdi.

Shoshilinch choralar

“Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasi parametrlari tasdiqlandi.

Loyihaning maqsadi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish uchun sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, karantin tadbirlari amal qilishi davrida kam ta’minlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishdan iborat.

Loyihaning umumiy qiymati 106 757,1 ming dollarni tashkil etadi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 10,7 milliondan oshdi, 516 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (2,6 mln), Braziliyada (1,4 mln), Rossiyada (653 ming).