O‘zbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi

© AP PhotoNoviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari COVID-19 RNKsini ajratishga mo‘ljallangan to‘plam ishlab chiqishdi. U o‘ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi, qulayligi va arzonligi kabi ustunliklarga ega.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik.  O‘zbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi.

COVID-19 RNKsini ajratishga mo‘ljallangan diagnostik to‘plam O‘zR FA O‘simlik moddalari kimosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, uning klinik sinovlari Sog‘liqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida o‘tkazilgan va ijobiy natijalarni ko‘rsatdi.

“SARS-CoV-2 virusi RNKsini ajratishga mo‘ljallab ishlab chiqilgan ushbu to‘plam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, o‘ziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30% ga arzonroq) kabi ustunliklarga ega”, - deyilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabarida.

U “ENKOR” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun ruxsat berildi.

Bundan tashqari, ushbu to‘plam yordamida gepatit V, gepatit S, odam immun tanqisligi virusi (VICh) RNK/DNKsini ajratish mumkin.

“ENKOR” mamlakatga xorijdan keltiriladigan narxdagi to‘plamlarning o‘rnini bosishga imkoniyat yaratishi qo‘shimcha qilingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan COVID-19 ni diagnostika qilish uchun polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) usuli standart sifatida taklif qilingan. Ma’lumki, PZR diagnostika tahlilini amalga oshirish uchun dastlab koronavirus RNKsini ajratib olish talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0