Amerika Patriot tizimlarining yangi muvaffaqqiyatsizligi

AQShda ishlab chiqarilgan "Patriot" zenit-raketa majmualari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodni yamanning xusiy isonchilarining havo hujumidan himoyalay olmadi va o‘zining "kechagi kun quroli" ekanligini navbatdagi bor tasdiqladi.
Sputnik

Yamanning "Ansor Alloh" harakati isonchilari ("Alloh yordamchilari", hussiylar) 23-iyun kuni Saudiya Arabistonidagi obyektlarga hujum qilishdi, bu haqda ochiqchasiga e’lon qilib, o‘z qurolining Amerika Patriot ZRKga nisbatan ustunligini namoyish etishdi.

"Iblis "Bal"i: Qrimda RF Harbiy kuchlarining kemalarga qarshi qudratli tizimi sinovdan o‘tdi

Xusiylar nazoratidagi hududdan bir nechta jangovar uchuvchisiz apparatlar va raketalar uchirilgan, ular 700 km dan oshiq masofani, havo hujumidan mudofaa tizimlari pozitsiyasi hisoblangan uchta hududni yengib o‘tib, Ar-Riyoddagi nishonlarni barbod qildi. Reuters xabariga ko‘ra, xusiylar raketa va dronlari armiya shtabi, mudofaa vazirligi va aviabazaga yo‘naltirilgan bo‘lgan.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi havo nishonlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi, ammo alohida olingan hujum dronlari (yoki raketalari) Ar-Riyodda o‘z vazifasini bajarganligini taxmin qilish qiyinmas. Guvohlar Saudiya poytaxtida ikkita kuchli portlash va quyuq tutun yuzaga kelgani haqida gapirishdi (xusiylarning o‘tgan yilgi Abkayk va Xur neftni qayta ishlash zavodlariga hujumi ancha dahshatli va jiddiyroq oqibatlarga olib kelgan).

Versiyalardan biriga ko‘ra, Patriot tizimlari hujum dronlarini o‘ziniki deb aniqlagan va ularni o‘tkazib yuborgan. Ehtimol, Patriot havodan hujum mudofaasi va raketaga qarshi tizimining identifikatsiya tizimi buzilgan yoki radioelektron kurash tizimi yordamida bostirilgan. Eng yomoni, texnologik jihatdan nomukammal "Patriotlar"past kontrastli havo nishonlarini payqamagan bo‘lishi ham mumkin.

Qanday bo‘lmasin, Saudiya Arabistonining yamanlik xusiylar bilan mojarosi tobora yuqori texnologiyali va butun mintaqa uchun xavfli bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, Amerika qurollarining miqdoriy o‘sishi (shu jumladan qo‘shimcha Patriot havo mudofaasi batareyalari va yangi pozitsion hududlari) hech narsaga ta’sir qilolmayapti.

AQShda "Qiyomat kuni" samolyoti havoga ko‘tarildi

Patriot endi avvalgiday emas

Xusiylar Mudofaa vazirligi va Saudiya Arabistonidagi Qirol Salmon aviabazasiga hujum qilganliklarini ta’kidlamoqda.

Koalitsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 23-iyun kuni ertalab Yaman isonchilari tomonidan Ar-Riyod, Najran va Jizan shaharlari tomon uchirilgan to‘rtta ballistik raketa va bir nechta kamikadze-dron urib tushurilgan. Zarba vositalarining umumiy soni noma’lum, xusiylar hali yakunlanmagan "keng ko‘lamli operatsiya" haqida gapirishgan edi. To‘liq ma’lumot berilmayapti.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning kuzida isonchilar 18 ta dron va 7 ta qanotli raketani qo‘llashgan. Xusiylar vakili yangi "Kasef" va "Sammad-3" dronlarining 1700 km masofani bosib o‘tish qobiliyatini ta’kidlab o‘tgan edi.

Bu yerda bir narsani tushunish juda muhim: parvozning bunday masofasida Yaman kamikadze-droni Saudiya Arabistoniga istalgan yo‘nalishdan (masalan, Ar-Riyodga Qatar tomonidan kirishi mumkin) hujum qilishi mumkin va bunda Patriot majmualari foydasiz bo‘ladi, chunki ular osmonni cheklangan sektorda (90 daraja) nazorat qila oladilar va hatto eshelonlar soni havo mudofaasi sifatiga ta’sir qila olmaydi. Patriot kompleksi samolyotlar, ballistik nishonlar va o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Nisbatan kichik zarba beruvchi dronlar va qanotli raketalarini nishoniga olib bo‘lmaydi.

Parvoz vaqtida F-35ning dumi tushib qolsa, termoyadro bombalari taqdiri ne kechadi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo avvalroq quyidagini aytib o‘tgan edi: "Hatto dunyodagi eng yaxshi tizimlar ham, doim ham nishonlarni urib tushirolmaydi".

Agar ular oldindan eng zo‘r emasligini hisobga olsak, Saudiya Arabistonidagi obyektlarga yamanlik xusiylarning zarbalarini qaytarib bo‘lmasligi turgan gap. Raketa qurollari va zarba dronlari dunyoning barcha mamlakatlarida jadal rivojlanmoqda, Amerikaning Patriot havo mudofaasi tizimini takomillashtirish esa ko‘p yillar davomida joyida qatib turganga o‘xshaydi.

RAS-2 va RAS-3 modifikatsiyalarida jadal texnologik yutuqlar yo‘q. RAC-3 loyihasi hech bo‘lmasa “tezlashtirilgan” radiolokatsion stansiyani va yangi raketani oldi, boshqa yangilanishlar esa faqat ba’zi komponent va agregatlar almashishiga taadduqli holos. Pentagon Patriot-ning yangi kompleksini 2030-yillarning boshlariga qadar ishlatishni rejalashtirmoqda, va bu kelajakka nisbatan eng optimistik nazar.

Taktik va texnik xususiyatlarga ko‘ra, Patriot soatiga 2500 kilometrgacha tezlikda, 100 kilometrgacha masofada (ballistik - 25 kilometrgacha) va 25 kilometrgacha balandlikda (ballistik - 11 kilometrgacha) uchayotgan havo nishonlarini yo‘q qilishga qodir. Zenit-raketa tizimi bir vaqtning o‘zida 8 ta nishonni o‘qqa tutishi mumkin.

Rossiyada 7 km masofadagi nishonni yakson qiladigan snayper quroli yaratiladi

Majmuaning reaksiya vaqti 15 soniyani tashkil etadi (bu juda sekin - shu vaqt ichida nishon 10 km masofaga uchishi mumkin), shu jumladan raketaning nishonning mo‘ljal chegarasiga yaqinlashganida uchirilishi vaqti. Patriot zenit-raketa tizimi radarlari 90 graduslik burchak nazoratiga ega va ehtimoliy havo nishonlari paydo bo‘lishi yo‘nalishiga qaratiladi (hech qanday aylanma nazoratga ega emas).

Kamtarona xususiyatlar jangovar foydalanishdagi eng muvaffaqiyatli bo‘lmagan tajriba bilan uyg‘unlashadi. Shunday qilib, 1991-yil boshida Iroq tomonidan uchirilgan ("Skad" R-17) 91 ta raketadan (antikvariat), amerikaliklar 158 ta zenit raketalari evaziga atigi 45tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Nishonni ushlashning qisqa masofasi va balandligi Amerika majmuasining muhim kamchiliklaridan biri bo‘ldi – qamralinadigan obyektdan 20 km uzoqlik va 7 km balandlikda nishonga olishi. Rossiyaning "Vitaz" S-350 zamonaviy tizimi kabi analoglar bilan har qanday taqqoslash noo‘rindir, texnologiyalar sohasida bu juda fantastik farq (radiolokatsion stansiya nazorati ko‘lami, javob tezligi, zarba beriladigan nishonlar soni, balandliklar diapazoni va zarba berish masofasi).

Turkiya Rossiyadan S-400ning yangi partiyasini xarid qiladi

Shu bilan birga, bitta Patriot zenit-raketa tizimi xalqaro bozorda narxi 1 milliard dollarga teng. 2017-yilning o‘zida AQSh Saudiya Arabistoniga 110 milliard dollarlik qurol sotdi, bu insoniyat tarixidagi eng yirik qurol sotish bitimi. Ehtimol, bu pulning sezilarli qismi havoga sovurilgan - Amerika mudofaa sanoatining havo mudofaa tizimidagi "reklama roliklari"ning davomi yo‘q. Yaponiyaning Aegis Ashore Amerika raketaga qarshi mudofaa tizimini sotib olish va uni o‘z hududiga joylashtirishdan bosh tortgani bejiz emas.

Mahalliy ishlab chiqarishmi?

Yaman isonchilar harakatining Eronparast ekanligini ta’kidlash yoki ularni Eron qurollari bilan ta’minlanishi yana bir bor ta’kidlash - haqiqatni soddalashtirishni anglatadi.

Texnologik jihatdan, xusiylar ancha mustaqil bo‘lib, dengizda ishonchli harbiy harakatlar olib borisha oladi va avvalroq Saudiya Arabistoni va arab koalitsiyasi bilan urush uchun mo‘ljallangan yangi, o‘zida ishlab chiqilgan dronlar va raketalarning to‘liq ko‘rgazmasini taqdim etdi. E’tibor berish joiz, ushbu havo hujumi vositalari yuzlab kilometrlarni bosib o‘tib, aniq nishonga (alohida bino, zavod) zarba berishi mumkin.

Turkiya nega Suriya ZRKsini yo‘q qilgani haqida gapirmoqda - ekspert fikri

Yamandagi qurolli mojarolar mamlakat shimoli va janubidagi dinlararo, siyosiy va mintaqaviy qarama-qarshiliklardan kelib chiqadi va uning harbiy yechimi yo‘q. Sunniylar (salafiylar) va shialar (xusiylar) o‘rtasidagi to‘qnashuvlar uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Harbiy harakatlar mexanikasi o‘ta oddiy: bir tomondan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan shia-xusiylar, ikkinchi tomondan Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaydigan sunniylar. Yaman shimolida neft konlari mavjud, janubda esa uglevodorod tranziti uchun muhim bo‘lgan Aden porti joylashgan va bunda Ar-Riyodning "oqimlarni" nazorat qilish istagini mantiqan tushunsa bo‘ladi.

Eslatib o‘taman, 2015-yilda isonchi-hussiylar amaldagi prezident qochganidan keyin hokimiyat va poytaxt Sanani qo‘lga oldi. Saudiya Arabistoni AQShning roziligi va BMTning ruxsatisiz BAA, Bahrayn, Quvayt, Qatar, Iordaniya, Misr, Pokiston, Marokash va Sudanning qurolli yordami bilan Yaman "xuntasiga" qarshi harbiy amliyotni boshladi. Koalitsiya qochqin hukumatga yon bosmoqda.

BMT bunda konstruktiv rol o‘ynamaydi, faqat ahyon-ahyonda taraflarni tinchlikka chaqiradi. Mintaqaviy dispetcher maqomiga AQSh da’vogarlik qilmoqda. Yamandagi fuqarolar urushi olti yildan buyon davom etmoqda va arab koalitsiyasining aralashuvi harbiy harakatlarning avj olishiga olib keldi, xolos.