Qoidalarni buzishsa SWIFT'ni o‘chiramiz. AQShga Gonkongni deb dollarning qulashi kerakmi?

Vashington Xitoyga “Gonkong avtonomiyasini qulatishi va inson huquqlarini buzganligi” uchun sanksiyalarni va’da qilmoqda. Hozircha gap xitoylik amaldorlarga vizalarni cheklash xaqida bormoqda.
Sputnik

Vashington Xitoyga “Gonkong avtonomiyasini qulatishi va inson huquqlarini buzganligi” uchun sanksiyalarni va’da qilmoqda. Hozircha gap xitoylik amaldorlarga vizalarni cheklash xaqida bormoqda, ammo yanada keskinrog‘i - Xitoyni SWIFT bank o‘tkazmalari tizimidan uzib qo‘yishgacha choralar ehtimoldan holi emas.

Xitoy dollardan voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Oddiy haqiqat hammaga ayon: SWIFT dunyoning iqtisodiy modelining bir qismi sifatida geosiyosatga qiziqish bildirmaydi, lekin geosiyosat SWIFT-ga qiziqadi. Hech kimga sir emaski, yaqindan beri ushbu xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi AQSh qo‘lida shantaj vositasiga aylandi.

Vashingtonga har qanday davlat “o‘zini noto‘g‘ri” tutayotgani ko‘rinishi bilanoq, Oq uy darhol unga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimidan uzish bilan tahdid qilmoqda.

To‘g‘ri, odatda AQSh tahdidlari ko‘pincha amalga oshmaydi, lekin davlatlarning ushbu tizim xizmatlaridan uzib qo‘yishning ikki holati bo‘lgan. Masalan, 2017-yilda ushbu chora Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llanilgan, bundan oldin esa 2012-yilda Eron SWIFT'ga kirish huquqidan mahrum bo‘lgan edi. Mana endi esa navbat Xitoyga.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, mamlakatni SWIFT tizimidan uzib qo‘yish xavfi juda jiddiy, chunki bu holatda mamlakatning o‘zi emas, balki amerikaliklar tanlagan “nishon” bilan ishlaydigan barcha kompaniyalar zarba ostida qoladi.

Xitoy holatida esa ma’lum zarar yetkazilishi mumkin, chunki Xitoy tashqi savdosining bir qismi dollar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Ammo bu holda, Pekin hozirda nafaqat sinovdan o‘tkazayotgan, balki allaqachon 96 mamlakatni qamrab olgan CIPS to‘lov tizimi unga juda qo‘l keladi.

Shuning uchun, eng yomon holatda ham, Xitoy SWIFT'ga to‘liq o‘rinbosarni ishga tushirishi mumkin. Bu holda, dunyoda ikkita bir-biridan ajralgan moliyaviy tizim vujudga keladi va natijada bu amerikaliklarning o‘ziga jiddiy zarba berishi mumkin.

Axir bunda AQSh ixtiyoriy ravishda yangi moliyaviy platformaning asosiy valyutasiga aylanadigan yuanni kuchaytirishiga to‘g‘ri keladi. AQShning o‘zi, trillion dollarlik kosmik davlat qarzini hisobga olgan holda, qolgan dunyoni dollardan “qochishini” va oldingi mavqeyini yo‘qolishiga olib keladigan defoltni kutishi mumkin.

Hindiston va Xitoy chegarasidagi voqeadan keyin nima bo‘ladi?

Shuning uchun, Oq uyning bu tahdidlarini faqatgina AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi qadami ma’nosida ko‘rsa bo‘ladi. Tramp, odatdagidek, muhim uchrashuv oldidan stavkalarni ko‘taradi. Avvaliga u vaziyatni keskinlashtiradi, uni iloji boricha qizdiradi, keyin esa Si Szinpinni uning eng yaqin do‘sti ekanligini va tomonlar muzokaralarni davom ettirayotganini ma’lum qiladi.

Aytish joizki, Pekin Gonkongdagi vaziyat bo‘yicha Xitoy rasmiylariga qarshi sanksiyalarni joriy etish qarori borasida Vashingtonga “qat’iy norozilik” bildirdi. Xitoy AQShga “jiddiy qarshilik” bilan tahdid solib, o‘z ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi – ahir Xitoy uchun SWIFT'ning o‘z analogini ishga tushirish muammo hisoblanadi.

Shu sababli, hozirgi sharoitda AQSh dollar tizimining tobutiga yana bir mixni o‘z qo‘llari bilan qoqishi kerakmi degan savol yana quruq gapga o‘xshab qolmoqda.

Muallif Olga Gavrilova, Sputnik radiosi