Parvoz vaqtida F-35ning dumi tushib qolsa, termoyadro bombalari taqdiri ne kechadi

Rasman beshinchi avlod deya atalayotgan F-22 va F-35 samolyotlarini sotuvdan oldingi maqbul, konstruktiv, jangovar holatga yetkazmasdan turib, amerikaliklar, harbiy aviatsiya kelajagiga katta ishonch bilan boqishmoqda
Sputnik

Fizika qonunlari amerikalik aviainstruktorlar sayi-harakatlarini yo‘qqa chiqarib, o‘ta qimmatbaho loyihalarni "qadrsizlantirmoqda". F-35 Lightning II samolyotlari beshinchi avlod nomiga loyiq emasligini namoyon etsa-da, ammo AQShda inersiya tufayli ushbu har jihatdan xom bo‘lgan aviatexnikani global vazifa va aslahalar bilan yuklab, mahkam "bog‘lab tashlashmoqchi". Go‘yoki F-35 bortidagi B61-12 bombalari tovush tezligigacha bo‘lgan kreyser tezligi, radarlardagi "stels" ko‘rinishi, yuqori avariya holati va kutilmaganlik o‘rnini bosa oladi.

G‘alati “ko‘rinmas”: nima sababdan F-35 dumi tovush tezligidan yuqori tezlikda uzilib tushadi

Dushanba kuni The Aviationist nashri amerikaning Edvards aviabazasi Kaliforniya shtati) aviabazasi atroflarida F-35A Lightning II (Convetional Take Off and Landing modifikatsiyasidagi, ya’ni standart uchish va qo‘nishga ega bo‘lgan) qiruvchisining o‘zgaruvchi quvvatga ega bo‘lgan jangovar qismga ega B61-12 bombasining qator sinovlari o‘tkazilgan.

Ikki maqsadli yadroviy qurol tashuvchisiga ega bo‘lgan samolyotni sertifikatlash 2023-yilning yanvariga rejalashtirilgan.

Shu tariqa, dasturiy ta’minotni yangilash bilan bir qatorda (hozirgi Block 3A versiyasidan Block 4 versiyasiga qadar) F-35A qiruvchilari termoyadro bombalarini odatiy tarzda olib yurish va qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, B61-12 AQSh HHK qurol-aslahalari tizimiga integrallashuvidan so‘ng F-15E va F-16dagi "sig‘iniladigan yadroviy qiruvchi roli" F-35Aga o‘tadi. Modernizatsiya qilingan B61-12 aviabombasi boshqaruv tizimi va o‘zgaruvchan quvvatning jangovar qismi (50 tonnagacha) ajratib turadi.

Xitoy OAVlari F-22 va Su-57 “jangi” yetakchisini aytdi

Ko‘pmaqsadli F-35 Lightning II qiruvchi-bombardimonchisini yaratish dasturi 1,3 trillion dollarni tashkil etdi. F-35ning turli modifikatsiyalari seriyali tarzda 2011-yildan buyon ishlab-chiqariladi. Ushbu mashinaga AQShda avval boshdan katta umidlar bog‘langan, ammo amaliyotdagi ekspluatatsiyasi mutaxassislar umidini puchga chiqarmoqda. Sal oldin Pentagonga yaqin Defense News nashri F-35 Lightning II ga berilgan tanqidiy baholarni chop etdi. Faktlar shundan dalolat beradiki: F-35 – tovush tezligiga qadar bo‘lgan qiruvchi, forsajda 1 minutdan ortiq tezlik ololmaydi, 1 Maxdan ortiq bo‘lgan tezliklarda qizdirish korpusiga jiddiy shikast yetishi xavfi mavjud. 1,6 Maxdan so‘ng – samolyotning shunchaki dumi tushib qolishi mumkin. Beshinchi avlod qiruvchisining doimiy (kreyser) tezligi 1,4 Maxdan past bo‘lishi mumkin emas, demakki, texnologik ilg‘orlik ro‘y bergani yo‘q.

Boshqacha qilib aytganda, F-35 qiruvchisi 4-avlod samolyotligicha qoldi va termoyadro bombalari u uchun og‘irlik qiladigan yukka aylanishi mumkin.

Kompensatsiya choralari

Beshinchi avlod atrofidagi F-35 qiruvchisining kamchiliklarini o‘tgan yil davomida beshtagacha kamaytirishga muvaffaq bo‘lindi, ammo bu ham har bir donasi 100 million dollar turadigan mashina uchun ko‘plik qiladi. Pentagon tezkor ravishda "ekspluatatsiya xarakteristikalariga" tuzatishlar kiritdi va endilikda F-35 tovush tezligiga qadar, qisqa vaqtlargagina tezlikni olishga qodir mashinaga aylandi. Yuqori tezlik F-35ning maxsus stels-qoplamasi bo‘lgan planerni hamda samolyotning dum qismidagi ko‘plab antennalarni barbod qilishi xavfi mavjud bo‘lgani bois, qo‘llanmada HDK va dengiz pexotalari uchun mo‘ljallangan F-35B va F-35C modifikatsiyalari taxminan 1,2 Max tezligida ucha olishi mumkin bo‘lgan soniyalar aniqlashtirilgan.

An’anaviy uchish-qo‘nishga ega bo‘lgan F-35A qiruvchisi umumiy "xatoliklarni" takrorlaydi - bular dasturiy ta’minotdan tortib, sekin harakatlanish va radarlar tomonidan aniqlanishdir (hatto tovushga qadar bo‘lgan tezlikda ham, agar tashqi podveskada jangovar zaxiraga ega bo‘lsa).

Rossiya Su-27 qiruvchilari AQSh bombardimonchisini to‘xtatib qolishdi

Bir qarashda, "chaqmoq" sha’ni tamomila bulg‘angandek, ammo ekspluatatsiya jarayonida kutilmagan xususiyatlari namoyon bo‘ladi. 24-iyun kuni Air Force Magazine jurnali amerikaning F-35A qiruvchilariga momaqaldiroq bulutlariga 25 mil (40 km) masofada yaqinlashish ta’qiqlangani haqida maqola e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, inert gazni generatsiya qiluvchi bort sistemalari (OBIGGS)ning konstruktiv xususiyatlari qiruvchi yoqilg‘i baklarining - atmosfera elektri razradidan - havoda portlashiga olib kelishi mumkin ekan. Qizig‘i, OBIGGS tizimi borasida bungacha ham malomatlar bo‘lgan va 2014-yilda u modernizatsiyalangan (portlash xavfi bartaraf etilgan) edi.

Eng yangi F-35 Lightning II samolyoti bilan yuz bergan davomli halokatlar - F-35 tinchlik sharoitida foydalanilganida ham unda boshqa yoqimsiz (xavfli) kashfiyotlar mavjudligini ochib berishi mumkin, deya taxmin qilishga sabab bo‘lmoqda. Amerika "chaqmoqlari"ning Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 yoki radioelektron kurash vositalari bilan taxminiy jangovar to‘qnashuvidagi zaifligini aytmasa ham qiruvchi samolyotlari yoki elektron urushida taxminiy jangovar to‘qnashuvda amerikalik "chaqmoq" ning zaifligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Noma’lumlikka parvoz

Suriya Rossiyaning MiG-29 qiruvchilarining ikkinchi partiyasini qabul qildi

Qo‘shma Shtatlar F-35ni faol ravishda o‘zlarining yevropalik ittifoqdoshlariga sotishga harakat qilishmoqda. Va modernizatsiyalangan (rejalashtiradigan) B61-12 termoyadro aviabombasi avval boshdan Yevropa uchun mo‘ljallangan edi. Seriyali ishlab chiqarish 2020-yilga mo‘ljallangan, bir vaqtning o‘zida amerikaliklar B61-12 aviabombalarini Yevropa bazalarida joylashga harakat qilishmoqda. (Shu bilan birga bunda uchish (forsaj) vaqtida bortiga yadroviy qurol ortib olgan qiruvchining dumi tushib qolishi, yoki uni chaqmoq urishi singari holatlar ham istisno etilmaydi. Boshqa variantlar ham ehtimoldan holi emas, ammo har qanday holatda ittifoqdoshlarga zarar yetishi tayin. Amerika qurol-aslahalari Yevropa uchun tobora xavfli bo‘lib bormoqda. Germaniyaning qarshiligi kuchaymoqda. Fransiya ochiqchasiga: "F-35ni tiqishtirishni bas qiling", dedi.

Rossiya havo-kosmik kuchlari 76 dona Cu-57 qiruvchi samolyotni qabul qiladi

Bu AQShning avia-qurilish sohasidagi o‘z texnologik imkoniyatlariga yuqori baho berishning mantiqiy natijasidir.

Sal oldin beshinchi avlod qiruvchisi - F-22 Raptor yaratish tajribasi omadsiz deya tan olingan edi (ishonchsiz radio to‘lqinlarni yutuvchi nurlar, metrli diapazonga ega radarlar tomonidan aniqlanish, harakat radiusi – atigi 750 km, seriyali mashinalarning o‘ta qimmat narxi – 350 mln. dollar). Rasman beshinchi avlod deya atalayotgan F-22 va F-35 samolyotlarini sotuvdan oldingi maqbul, konstruktiv, jangovar holatga yetkazmasdan turib, amerikaliklar harbiy aviatsiya kelajagiga katta ishonch bilan boqmoqdalar.

Vashington rajalariga muvofiq, oltinchi avlodga mansub ilk qiruvchilar 2030-yilga qadar parvoz qilishi kerak. Berilgan ta’riflarga qaraganda, ular uchun dushman ham tayyor: "Ular kurashishga to‘g‘ri keladigan Tinchokeani teatridagi ulkan masofalarni inobatga olib" ulardan dozapravkasiz uzoq parvozni, havoda ustuvorlikni, radioelektron kurash majmualari hisobiga o‘ta yuqori yashovchanlikni kutishmoqda. Ammo "beshinchi avlod" F-35 Lightning II qiruvchisining barcha o‘ta qimmatga tushgan omadsizliklaridan so‘ng amerika kongressi oltinchi avlod qiruvchilarini yaratish maqsadlari uchun 2021-yilda moliyalashtirish dasturini 85%ga qisqartirish istagini bildirdi.