TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Suriya armiyasi Rossiyadan MiG-29 takomillashtirilgan qiruvchilarining ikkinchi partiyasini oldi. Bu haqda RF Damashqdagi elchixonasi o‘zining Tvitter sahifasida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, samolyotlar ikki mamlakat harbiy-texnik hamkorligi doirasida topshirilgan.
Diplomatlar ma’lumotlariga ko‘ra, suriyalik uchuvchilar ushbu samolyotlarda parvozlarni amalga oshirishni boshlab bo‘ldi.
Suriyadagi mojaroning boshlanishi paytiga mamlakat qurolli kuchlari tarkibida yetkazib berilishi 1980-yillarning boshlaridan amalga oshirilgan o‘nlab MiG-29 samolyotlari bo‘lgan, deb yozadi RIA Novosti.