G‘arb tarixni bosqichma-bosqich qayta ko‘chirmoqda va u buning uddasidan chiqmoqda

Xalqimizning natsizm ustidan erishgan Buyuk G‘alabasi xotirasini saqlab qolmasak biz nafaqat tariximizni, balkim kelajagimizni ham yo‘qotamiz.
Sputnik

Qo‘shma Shtatlarda yodgorliklar ag‘darilish epidemiyasini ko‘plab tadqiqotchilar “tarixni ommaviy qayta yozish” deb atashadi. Ammo barchamiz yaxshi tushunamiz: o‘tmishning bronza guvohlari bilan ochiqchasiga kurashayotgan faollar, umuman hech narsa yozmaydilar, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Vladimir Kornilov.

AQSh qanday qilib tartibsizliklar girdobida qoldi – video

Ular tarixan ancha uzoq bo‘lgani uchun bu ishlarni qilmoqda. Aks holda, amerikalik “xunveybin”lar yozuvchi Migel Servantesning haykalini qulatishini qanday tushunish mumkin. Uni ham navbatdagi konkistador deb qabul qilishganmi?

Yoki mantiqiy nuqtayi nazardan Demokratik partiyaning asoschilaridan biri bo‘lgan Endryu Jeksonning chiroyli haykali asosan ushbu partiyadan nomzod uchun ovoz bermoqchi bo‘lgan odamlar tomonidan ag‘darishga urinishni mantiqiy izohlash mumkinmi?

Tarixni qayta yozish bilan ijrochilar emas, ushbu tartibsizliklarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlaydiganlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Tan olish kerakki, ular buning uddasidan chiqishmoqda.

Amerika tarixiy dushmanlarni yo‘q qiladi

Yaqinda Sputnik tomonidan Fransiyaning taniqli IFop sotsiologik kompaniyasi yordamida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikaliklarning tarixga bunday nigilistik munosabati nafaqat o‘tgan asr voqealariga tegishli. Masalan, amerikaliklarning 11 % Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi kurashganiga ishonishadi. Shuningdek, 8-may - Yevropada G‘alaba kuni ekanini - amerikaliklarning uchdan bir qismining xabari bor.

Agar biz ushbu tadqiqotni yanada chuqurroq o‘rgansak, amerikalik yoshlar orasida (yodgorliklarga qarshi  kurashayotgan olomonning aksariyati yoshlar), tarixni bilish darajasi oldingi avlodga nisbatan juda past darajada ekanligi ma’lum bo‘ladi. Xullas, Amerikada 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 21% Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi kurashganiga ishonadi va 13% hatto Xitoyga qarshi kurashga deb hisoblaydi. 65 yoshdan katta yosh amerikaliklar orasida esa bundaylar sezilarli darajada kam.

Har o‘ninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Bu shuni anglatadiki, keksalar boshqa dunyoga ketib, Amerika hozirgi yoshlar qo‘lida qolsa, ular ittifoqchilari bilan birgalikda (Ittifoqchi deganda Oq uy faqat Buyuk Britaniyani nazarda tutgan) Moskva va Pekinni egallab olganiga ishonadi.  Muxolifat fikri, shubhasiz, shtatlardagi aksil-rus va xitoyga qarshi kampaniyalarning rivojlanishiga, shuningdek, Gollivud ko‘proq  kimni "asosiy dushman" sifatida ko‘rsatishiga ham bog‘liq, albatta.

Ikkinchisi, nafaqat AQSh yoshlariga tegishli. Klassik misol – bu natsizmni yengishda kim ko‘proq hissa qo‘shganini ko‘rsatuvchi so‘rov natijalaridir. 1945-yilda mutlaq ko‘pchilik (57%) SSSRni va atigi 20% AQShni ko‘rsatgan, chunki o‘sha paytda yevropaliklar hamma narsani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan. Yuqorida aytib o‘tilgan IFop tomonidan 2015-yilda o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, 70-yil ichida bu fikr tubdan o‘zgargan: hozir fransuzlarning 54 % Amerikani asosiy g‘olib va faqat 23% Sovet Ittifoqi deb bilishadi. Bu yerda ham tendensiya aniq ko‘rinib turibdi: tomoshabinlar qanchalik yosh bo‘lsa, u amerikaliklarning G‘alabaga qo‘shgan hissasini shunchalki yuqori baholaydi. Ba’zi yosh fransuzlar hatto Parijdagi kinoteatrda Bred Pitt Gitler va uning xizmatkorlarini yo‘q qildi, deb ishonch bilan aytishadi.

Maqsad – Rossiyani kuchsizlantirish va hatto yo‘q qilish

Jarayon bugunga qadar davom etmoqda. Britaniyaning YouGov sotsiologik xizmati o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Sovet Ittifoqini natsizm ustidan erishilgan g‘alabaning asosiy yetakchisi deb hisoblaydigan yoshlar soni sezilarli darajada kamaymoqda.

Nega Germaniya Sharqiy Yevropa revizionizmiga qarshi chiqdi

Xususan 2015 va 2020-yillarda G‘alabaning 70 va 75-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan so‘rovda aksariyat G‘arb mamlakatlarida Sovet Ittifoqi natsizmni yenggan asosiy kuch deb hisoblaydiganlar soni sezilarli darajada kamayib kelmoqda. Bu borada tushunarli sabablarga ko‘ra nemislar eng yaxshi “xotiraga” ega. Lekin 2015-yilda Germaniya aholisining 37% fashizmni  yengishda asosiy rolni AQSh o‘ynagan va 27 % - SSSR deb hisoblagan bo‘lsa 2020-yilga kelib ushbu ko‘rsatgichlar 43% va 21% ga yetgan.

Mana shuni omma ongida Ikkinchi jahon urushi tarixini bosqichma-bosqich qayta ko‘chirish deb atash mumkin. Bu amaliyotning naqadar xavfli ekaniga Vladimir Putin ham o‘zining yaqinda chop etilgan maqolasida aytib o‘tdi.

“Biz hozir G‘arb mamlakatlarida kuzatayotgan, avvalombor Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari mavzusidagi tarixiy revizionizm - 1945-yilda Yalta va San-Fransisko konferensiyalarida asos solingan insoniyatning tinch rivojlanish asoslarini surbetlarcha buzmoqda”, - deyilgan maqolada.

Oxirgi yillarda Rossiyaga qarshi propaganda qurolini konveyer tartibida ishga tushirgan kuchlarning bunga reaksiyasi kutilganidek bo‘ldi. Prezidentning aniq va tushunarli qilib aytilgan, tarixni qayta ko‘chirishni bas qiling degan so‘zlariga CNN “Putin Ikkinchi Jahon urushi tarixini qayta ko‘chirmoqda” degan maqola bilan chiqdi.

Planetaning eng bosh rusofoblari 10taligiga kiradigan, britaniyalik kolumnit Edvard Lukas ham xuddi shunday mavzudagi maqola bilan chiqdi. The Times va CEPA nashrlarida u “Putin tarix revizionchisi” degan tezislar bilan chiqdi. Vaholanki Rossiya prezidenti Revizionchilik xavfli ekanini aytib undan voz kechishga chaqirgan edi. Yuqoridagi so‘rov natijalari – aslida tarixni kim va qaysi yo‘nalishda qayta ko‘chirayotganidan yaqqol darak berib turibdi.

Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

G‘arb kremlenologlarining bunday javobini tushunish mumkin. Ularning vazifasi Rossiyaga qarshi barcha frontlarda (mafkuraviy, siyosiy va tarixiy) urush olib borishdir. Buning uchun o‘tgan yil CEPA markazi  tahlilchisi Yanush Bugayskiy Vashingtonga Rossiyani qanday bo‘lib olish kerakligi borasida bergan maslahatlarini esga olish kifoya.

Aynan ana shunday kishilar va institutlar uchun oxirgi yillarda yuz berayotgan tendensiyalarni saqlab qolish, tarixni qayta ko‘chirishda davom etish, qorani oq deyish va urushda yengilganlarni g‘oliblarga tenglashtirish va tarixni aslida saqlab qolishga chaqiriqni “revizionizm” deb atash – muhim vazifadir. Bunday kampaniyalarning oxirgi maqsadi – Rossiyani kuchsizlantirish va hatto yo‘q qilishdir. Aynan shu sababli har qanday darajada tarixiy haqiqat uchun, xalqimizning natsizm ustidan erishgan Buyuk G‘alabasi xotirasini saqlab qolish uchun har qadamda kurashish kerak. Shunday qilmasak biz nafaqat tariximizni, balkim kelajagimizni ham yo‘qotamiz.