AQSh qanday qilib tartibsizliklar girdobida qoldi – video

Obuna bo‘lish
AQShdagi tartibsizliklar Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan Jorj Floyd vafot etganidan so‘ng boshlanib ketdi.

AQShdagi tartibsizliklar 25-may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floyd vafot etganidan so‘ng boshlandi. Mamlakatning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar tufayli komendantlik soati e’lon qilingan.

Jorj Floyd vafotidan so‘ng to‘rt nafar politsiya xodimi ishdan bo‘shatildi. Ulardan biri ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Shunga qaramasdan tartibsizliklar avj olmoqda. Namoyishchilar ko‘p joylarga o‘t qo‘yib, turli narsalarni sindirib tashlamoqda. Floyd o‘limini surishtirish ishlariga Federal tergov burosi ham jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0