O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalarining bahsi 4-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekiston futbol terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

JCh-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston MTJ o‘yinlari sanasi ma’lum bo‘ldi

Vadim Abramov qo‘l ostidagi jamoa oktabr va noyabr oylarida JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinlarni o‘tkazadi.

Mazkur rasmiy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Toshkentda Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Ta’kidlanishicha, o‘yin 4-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.