Qahramon-itlar: to‘rt oyoqli do‘stlarning G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida

Itlar askarlar bilan birga och qolishgan, xandaqlarda sovuq yegan, tanklar ostiga o‘zini otib, dushman poyezdlarini portlatgan. Hayvonlar odamlar bilan bir qatorda tirishqoqlik, jasorat va qahramonlik namoyish etib, G‘alaba kunini yaqinlashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Ulug‘ Vatan urushi frontlarida kechgan janglarda avval Qizil, keyin Sovet Armiyasi tarkibidagi harbiy qismlarda 70 mingga yaqin itlar qatnashgan. Ular askarlar bilan birga och qolishgan, xandaqlarda sovuq yegan va ho‘l bo‘lgan, tanklar ostiga o‘zini tashlab, dushman poyezdlarini portlatgan. Hayvonlar odamlar bilan bir qatorda tirishqoqlik, jasorat va qahramonlik namoyish etib, G‘alaba kunini yaqinlashtirganlar.

SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan itlar haqida RIA Novosti nashriga Rossiya kinologiya federatsiyasi (RKF)da hikoya qilishdi.

"Ulug‘ Vatan urushida itlar jasorat va sadoqat namoyon etib, odamlarga bundayin mushkul paytlarda yordam berib, askarlarning ishonchli yo‘ldoshlariga aylandilar. Qariyb 70 ming to‘rt oyoqli jangchilar Vatanimizni dushmanlardan himoya qildi. Hayvonlar turli xil ishlarni bajarardilar: ular minalarni qidirar, yaradorlarga yordam berishar, aloqachi va saporlar sifatida xizmat qilishar, ba’zilari muhim xabarlar va o‘q-dorilarni jangovar harakatlarning qoq markaziga yetkazib berardilar. Bu itlarning barchasi Ulug‘ Vatan urushining chinakam qahramonlari", - dedi RKF prezidenti Vladimir Golubev RIA Novosti bilan kechgan suhbatda.

Urush yillarida barcha harbiy frontlarda 17ta minachi-itlar bataloni, 14ta zirhli texnikalarni qiruvchi-itlar otradlari, 37ta aravaga qo‘shiladigan-itlar batalonlari, ikkita maxsus otrad va to‘rtta aloqachi otradlar o‘qitildi va shakllantirildi. Sanitar-itlar yaradorlarga meditsina-sumkasini olib kelib, ularni o‘limdan qutqarardilar.

Antiterror, kamikadze va bomba: “to‘rtoyoqli yordamchilar”ning xizmati haqida

Aloqachi-itlar urush yillarida 200 mingdan ortiq xabarlarni yetkazdilar va sakkiz ming kilometrdan ortiq telefon simlarini uzatdilar, mina izlovchi itlar 15 153 kilometr harbiy yo‘llarni tekshirdilar. Itlar nafaqat insonlar hayotini saqlab qolishar, balki o‘z hayotini ham qurbon qilardilar. "Kamikaze" itlari dushmanning 300 dan ortiq zirhli texnikasini portlatdilar. Birinchi tank it tomonidan urush boshlanganidan bir oy o‘tgach - 1941-yilning 27-iyulida Rogachov yaqinida portlatilgan.

Sapor-it

RKFda aytishlaricha, eng mashhur to‘rt oyoqli sapor - Jolbars bo‘lgan. "Mina-qidiruv xizmatining haqiqiy professionali", - deya ta’rif berishadi unga kinologlar.

It Chexoslovakiya, Avstriya, Ruminiya va Vengriya hududida 7 468ta mina va 150dan ortiq snaradlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. U Pragadagi qasrlar, Vena soborlari va Dunay ustidagi saroylarni minalardan tozalashda ishtirok etgan.

Hayvonlar hukmronligi: och yirtqichlar bo‘shab qolgan shaharlarda – foto

"Ajoyib hid olish xususiyati va sezgirligi tufayli sapor ovcharkalar Kanevadagi Taras Shevchenko qabrida va Kiyevdagi Vladimir soborida minalarni zararsizlantirdilar. 1945-yil 21-martda Jolbars "Jangovar xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi, deydi RKF vakili. 1945-yilning 24-iyunida u Qizil maydondagi paradning faxriy ishtirokchisiga aylandi. Urush oxirida olingan jarohatlar tufayli it mustaqil marsh qila olmasdi. Oyoqlari bintlangan qahramon-itni o‘sha paytda mamlakatning bosh kinologi, 37-sonli mina izlovchilar alohida muhandislik-bataloni qo‘mondoni, mayor Aleksandr Mazover ko‘tarib bordi.

Yana bir sapper it - Collie Dick. Ikkinchi Jahon urushi paytida u Stalingrad, Lisichansk, Praga va boshqa shaharlarni tozalashda qatnashgan 12 mingdan ortiq minalarni kashf etdi. Eng mashhur jasorat - bu Pavlovsk saroyining najotidir. "Mukofot varaqalariga yozib qo‘yilgandek" portlashdan bir soat oldin men poydevorga 2500 kilogramm vaqtli bomba topdim ", dedi RKF.

Pavlovsk saroyining xaloskori

Sapor itlarning yana biri - Dik laqabli kolli. Ulug‘ Vatan urushi vaqtida u Stalingrad, Lisichansk, Praga va boshqa shaharlarni minalardan tozalashda ishtirok etar ekan, 12 mingdan ortiq minalarni aniqlagan. Eng mashhur jasorati esa - Pavlovsk saroyining qutqarilishidir. "Mukofot varaqalariga yozilishicha portlashdan bir soat oldin fundament ostiga ko‘milgan soat mexanizmli 2500 kilogramm og‘irlikdagi bombani aniqlagan", - deya hikoya qilidi RKFda.

Dunyoda yagona oq jirafa qoldi – antiqa hayvon haqida video

G‘alabadan so‘ng mina izlovchi-qahramon o‘z egasiga qaytgan va olgan ko‘plab jarohatlariga qaramay, itlar ko‘rgazmalarida bir necha borng bir necha bor g‘olibi bo‘ldi. It uzoq umr ko‘rgan va harbiy sharaf bilan dafn etilgan.

Birinchi diversant-it

Dina – Qizil Armiyadagi birinchi diversant-it. U Belarusdagi "rels" urushida ishtirok etgan. "Dina yaqinlashib kelayotgan nemis harbiy esheloni oldiga sakrab chiqar, zaradni yukni uloqtirar, tishlari yordamida olov oldiruvchi kapsuladan chekani tishlab, yulib olar, qirg‘oqdan toyib tushar va o‘rmonga qarab yugurardi", - deya hikoya qilishdi kinologlar.

Muvaffaqiyatli bajarilgan topshiriqlar tufayli dushmanning 10 ta vagoni yo‘q qilindi va temir yo‘lning ko‘p qismi ishdan chiqarildi. Keyinchalik, ovcharka Dina ikki marta Polosk shahrining minalardan tozalanishida ishtirok etdi. Germaniya gospitallaridan birida o‘tkazilgan operatsiyalarning birida it matrasda yashirilgan "surpriz-mina"ni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Hayvonlar shohining qaytishi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklandi

Sanitar-itlar

Aravaga qo‘shilgan itlar urush davomida jang maydonidan 650 mingdan ortiq jarohatlanganlarni olib chiqqanlar, shuningdek, ulkan hajmda o‘q-dorilar, amunitsiyalar, va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berganlar.

"Jang maydonida yaradorlarni qidirib va ​​ularga yordam ko‘rsatgan sanitar-itlarni askarlar munosib ravishda "pahmoq farishtalar", deya atardilar. Ular harbiy sanitarlar yetib bora olmaydigan jang hududlaridan yaradorlarni olib chiqar, olgan jarohatlarini o‘zlari bog‘lay oladigan jangchilarga dori-darmonlarni yetkazib berar, birinchi yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dorilar solingan kichikroq rukzaklarni o‘zlariga ortib yurar edilar", - deya hikoya qilishdi RKFda.

O‘zbekistonda hayvonlarga ozor berganlar uchun jazo kuchaytirildi

Shu tarzda, Bobik laqabli layka o‘zining yo‘l boshlovchisi Dmitriy Toroxov bilan 1 580 ta yaradorlarga yordam bergan, yana bir it - Muxtor esa - 400ga yaqin jangchilarga, shu jumladan, o‘zining yo‘l boshchisi bomba portlashidan so‘ng kontuziya olgan yefreytor Zoringa yordam bergan.

Bulba va Reks aloqada

Bulba laqabli it frontda aloqachi bo‘lib ishlagan. Urush vaqtida u bir yarim mingga yaqin xat-xabarlarni manzilga yetkazgan, yuzlab kilometr kabellarni yotqizgan. Ammo hujjatlar o‘rniga askarlar uchun jang maydonlariga o‘q-dorilar yetkazib bergan vaqtlari ham bo‘lgan. "Noyabr oyining izg‘irin kunlarida Reks qirg‘oqning bir tomonidan ikkinchi tomoniga muhim hujjatlarni yetkazib berish uchun uch marta Dneprni suzib o‘tgan edi. Front davridagi biografiyasi vaqtida Reks bir necha bor jarohatlangan, ammo har safar safga qaytgan", - deya hikoya qilishdi kinologlar.

Toshkent va Boku o‘rtasida hayvonlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

To‘rt oyoqli "Shtirlis"

Tuman laqabli afsonaviy razvedkachi-it sovet razved-otradi tarkibida dushman orqa tomonida harakat qilgan. U hech bir sassiz postda turgan askarni chalib ag‘darishni va orqadan halokatli tishlashni amalga oshira olardi.

Razvedkachilardan yana biri – Jek. U o‘zining yo‘lboshchisi yefreytor Novella Kisagulov bilan butun urushni bosib o‘tgan. Ular birgalikda 12-marta nemislar frontining orqa tomonidan harakatlarga chiqqanlar. Ular birgalikda tezkor va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lgan 20 dan ortiq dushman ofitserlarini qo‘lga olishgan. Kunlarning birida Jek yefreytorga Glogauda - gitlerchilarning eng muhim tayanch punkti sanalgan qadimiy Order qal’asida o‘ta qimmatli harbiy xizmatchini asir olishga yordam bergan.