Hayvonlar shohining qaytishi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zubr deyarli XX asrning birinchi uchligida qirilib ketdi. Endi ularning populyatsiyasi tiklandi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklangani bilan quyidagi maqolada tanishing.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Tatana Pichugina. Zubr deyarli XX asrning birinchi uchligida qirilib ketdi. Endi ularning populyatsiyasi tiklandi. Ammo turli xil xavf-xatarlar mavjud: yaqin qarindoshlik chatishtirilishi, yaylovlarning yetishmasligi, brakonyerlar. Nodir turni saqlab qolishga genetik tadqiqotlar va naslchilik strategiyasiga yordam beradi. Prioksko-Terrasniy qo‘riqxonasining markaziy zubr parvarish qilinadigan joyda ish qanday rivojlanayotganligi RIA Novostining reportajida.

Muzlik davri ramzi

Zubrlar- Yevropadagi eng yirik sutemizuvchilar, muzlik davridagi megafaunaning bir qismi, mamontlar va junli qarkidonlar bilan yoshi bir. Ular Pireneyadan G‘arbiy Sibirgacha, shu jumladan Kavkaz va Skandinaviya yarim orolida istiqomat qilishgan. Ularning tabiiy dushmanlari yo‘q edi va zubrlar iqlim isishi, muzliklar ketishi va bizning ajdodlarimiz bo‘lmish kromanoneslar kengayishidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ammo zamonaviy odamlar juda shafqatsiz bo‘lishdi. Ushbu mag‘rur hayvonlarning ulug‘vor boshlari juda sharafli ov o‘ljasi hisoblangan. Zubrlar, shuningdek, go‘sht va terilar uchun yo‘q qilindi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike
Hayvonlar shohining qaytishi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklandi - Sputnik O‘zbekiston
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

1920-yillarda bir payt ko‘p sonli populyatsiyasidan Yevropadagi xususiy fermalar va hayvonot bog‘larida 48 donasi qolgan holos. Ilmiy hamjamiyat xavotirni ko‘tardi va choralar ko‘rishni boshladi.

Zoolog Mixail Zabloskiy uchun zubrlarni qutqarish hayotiy masalaga aylandi. U zubrlarga parvarishxonaga joy qidirib, butun Rossiyani aylanib chiqdi. Transport infratuzilmasi nuqtayi nazaridan bemalol, keng bargli o‘rmonlar va turli xil o‘tlari bor o‘tloqlar mavjud joy kerak edi. Olim Moskva viloyatining janubiy chegarasida, Oka darosining o‘ng qirg‘og‘ida o‘rmon uchastkasini tanladi.

19-asrning oxirida biologlar bu joyda o‘rta mintaqaga  hos bo‘lmagan dasht o‘simliklari jamoalarini, ya’ni Oka florasini aniqladilar. Hisoblanishicha, u muz davridan oldingi davrlardan kolib ketgan. Noyob ekotizimni saqlab qolish uchun 1945-yilda Prioksko-Terrasniy qo‘riqxonasi tashkil etildi.

1948 yilda uning tarkibida zubr zotini rivojlantirish uchun parvarishhona tashkil etildi. Bu 200 gektar keng bargli o‘rmon, ho‘l archa o‘rmonlari va o‘rmonli botqoq bilan o‘ralgan himoyalangan eman o‘rmonlari. Polshadan beshta naslli zubr olib kelindi - turning tiklanishi ulardan bilan boshlandi.

Kim bosh

- Avgusha! Avgusha! - zubr parvarishxonasining rahbari Irina Zemlyanko, tanish ovozga javob berishiga umid qilib, o‘z yoqimtoyini chaqirdi. Lekin zubr shunchaki oxuriga yopishgan va hatto quloq ham qimirlatmadi.

“Yo‘q, u pichandan o‘zini ololmaydi", Irina xo‘rsinadi va shosha-pisha ortida kichik poda joylashgan yashil panjara bo‘ylab yuradi. Zubrlar itoat bilan ovqatlanish uchun navbat kutmoqda. Ularning orasida kulrang-qizil rangdagi mo‘ynali nozik oyoqli buzoqlar yuribdi. Ular bu kuzda tug‘ilgan.

Va nihoyat Avgustin laqabli buqa oxuridan chekinmoqda, ammo shundan keyin urg‘ochisi Mutaha ortidan ketdi. Ularning orasidagi aniq ishqiy munosabatlar. U boshini uning yoniga egadi, hidlaydi, lablarini quloqlariga tegizadi, faqat zubrga xos tovush beradi - hansiraydi. Urg‘ochi esa uning qudratli yelkasiga yopishadi, yoniga suriladi va zavq bilan ko‘zlarini yumadi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike
Hayvonlar shohining qaytishi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklandi - Sputnik O‘zbekiston
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

- Avgustin ajoyib oilaparvar. Men u urg‘ochilar va nasli bilan qanday munosabatda bo‘lishi haqida uzoq vaqt aytib berishim mumkin. Yaqinda zubrlarning bir guruhi keltirilgan edi, uchta o‘spirin buzoqcha volyerga uchib kirishdi va u kichkina buzoqchalarni himoya qilish uchun qat’iy turdi. Kuzda unga yosh bir urg‘ochi olib kelindi va sigirlar darhol unga hujum qilishdi. Shunda u shu urg‘ochi tinchgina ovqatlanishi uchun yonida olti oy yurdi, Irina uning qaramog‘idagi hayvonning olijanobligi misollarini keltiradi va boshqa qo‘raga yaqinlashadi.

- Muchadr! Muchadr! Balki turarsan? O‘g‘lim! O‘g‘lim! - deydi u. Yana behuda. Ulkan buqa tinchgina yerda yotadi.

- Unga tegib bo‘lmaydi. U odamlarni, ayniqsa erkaklarni yoqtirmaydi. Ularga tashlanadi. Ba’zida biz volyerda ishlashlari uchun zubr qarovchilari bilan birga kirishimizga to‘g‘ri keladi.

Bir oz narida  poda dam olmoqda. Hayvonlar butun bo‘yiga cho‘zilib yotadilar.

- Bu ularning eng yaxshi dam olish holati - to‘liq dam olish, ular qorni to‘q va mamnun.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike
Hayvonlar shohining qaytishi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklandi - Sputnik O‘zbekiston
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

Yaxshi parvarish - yaxshi nasl

Tabiiy sharoitda, zubrlar 10-15 bosh podalarda yurishadi. Podada ular guruhlarga bo‘lingan: sigirlar buzoqlari bilan, erkin sigirlar, yosh narlari. Zubrlarda matriarxat -  hamma katta urg‘ochiga bo‘ysunadi.

Parvarishxonada hayvonlarning xatti-harakati biroz o‘zgaradi. Har kuni ular qo‘rg‘onning chegaralarini aylanib chiqadilar, hududini belgilaydilar va juda ehtiyotkorlik bilan, ba’zan tajovuzkor bo‘lib, uni qo‘riqlaydilar. Urg‘ochilar har yili bolalaydi. Qishda, podalar doim ozuqa va pichan bilan ohurlar yaqinida joylashadi. Bu parvarishhonaga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt: zubrning barcha guruhlari to‘liq ko‘rinishda.

Bahorning oxirida ular zich barglar ichida yashirinib, volyer ichiga ko‘chib utadi. Ammo sayyohlarning ko‘ngli qolmasligi uchun namoyish volyerida har doim zubr nafaqaxo‘rlari bor.

Parvarishxonaning xodimlari har qanday ob-havoda kuniga ikki marta hayvonlarni boqadilar, doimo ichimlik suvi borligiga ishonch hosil qiladilar, ko‘ralarini go‘ngdan tozalaydilar, tahlillarini oladilar. Traktorning ovozi zubrga juda yoqadi: demak ularga mazali taom keltirilmoqda.

Yil oxirida yetishgan zubrlar mamlakatning milliy bog‘lariga yuboriladi. Yosh hayvonlar erkinlikka osonroq moslashadi va yoshi kattaroq urg‘ochi yoki erkak rahbarligida podani tashkil qiladi.

2017 yilda shundayn guruxlardan biri, 12 zubrdan iborat bitta guruh parvarishhonani bo‘rondan shikastlangan panjara orqali tark etishdi. Bu haqiqiy favqulodda holat edi. Ularni xarakati bir necha hafta davomida havodan kuzatilib, harbiylar va ko‘ngillilar bilan birga tirik zanjir bilan qaytarildi.

Genetika yordamga keladi

So‘nggi yillardagi genetik tadqiqotlar zubr va ularning eng yaqin qarindoshlari -bizonlarning tarixida ko‘p narsani aniqladi. Ikkala tur ham taxminan 1,5 million yil oldin yovvoyi qisqa shoxli o‘rmon ho‘kizidan kelib chiqqanligi ma’lum. Ajralish hayvonlarning bir qismi Yevraziyadan Beringiya orqali Shimoliy Amerikaga yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun tark etganlarida boshlangan.

O‘shandan beri Beringiya o‘rnida uch marta bo‘g‘oz paydo bo‘ldi, tuyoqlilar o‘z vatanlaridan ajralib qoldilar va ko‘p ming yillar davomida bizonlarga aylandilar. Endi ularning ikkita kenja turi mavjud: dasht va o‘rmon turlari.

Yevropada zubrning ikkita kichik turi asta-sekin shakllandi - dasht (u asosiy yashash joyiga o‘xshab belovejskiy deb ataladi) va Kavkaz. Rossiyada tiklash belovejskiy turidan va Kavkaz laqabli haqiqiy "tog‘lik" bilan boshlandi.

Zubr va bizonlar o‘xshash bo‘lib, aralash naslini beradi. Ammo yashash sharoiti, tashqi ko‘rinishi va xulq-atvori har xil. Bizon rangi to‘qroq, tananing old qismi kengroq, bashang junlar bilan qoplangan. Boshida - jun shlyapa, oyoqlarda - jun shim; may oyidagi yashil maysa fonida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar rangi uchun apelsinday ko‘rinadi. Siz parvarishxonada ham farqni ko‘rishingiz mumkin. 1953-yilda bu yerga bir juft naslli bizon olib kelindi, shundan beri ular muntazam ravishda avlodlarini olib kelishadi.

Vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida va hatto ilmiy matbuotda rus zubr populyatsiyasida gibridlar – zubr, bizon va kulrang Ukraina qoramollari aralashmasi avlodlari borligi haqida nashrlar paydo bo‘ladi.

- Bu savolni raqiblar yoki ichi qoralar ko‘tarishadi. Qo‘riqxonaning yuqori organlaridan biri, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, parvarishhona rahbari Mixail Aleksandrovich Zabloskiyga go‘sht va sut zotlarini yetishtirish uchun zubr va bizonni qoramol bilan chalishtirish topshirdi. Sigir va buqani bitta alohida volyerga joylashdi. Ammo tajriba muvaffaqiyatsiz tugadi. Irina Zemlyanko naslchilik kitoblarida - gibridlar "yo‘q qilindi" deb yaqqol yozilgan deb tushuntirdi.

Yaqinda akademik L.K. Ernst nomidagi chorvachilik ilmiy tadqiqot markazi olimlari hamkasblari bilan birgalikda Markaziy va Oka parvarishxonalaridagi zubrlarni genetik tadqiqotini boshladilar. Ko‘paytirish uchun xizmat qiladigan nasllik boshlar ularning avlodlaridan namunalar olindi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike
Hayvonlar shohining qaytishi. Rossiyada qanday qilib yo‘q bo‘lib ketgan tur qayta tiklandi - Sputnik O‘zbekiston
Pitomnik zubrov v Prioksko-terrasnom zapovednike

DNK boshqa zubr populyatsiyalari, nasli tozaligi isbotlangan, shuningdek, muzlatilgan holda saqlangan biomaterial tahlili natijalari bilan taqqoslandi. Tadqiqotga Germaniya va Polsha olimlari yordam berishdi.

-  Bizning barcha zubrlar toza naslli, Kavkaz-belovejskiy kenja turiga tegishli. Shuning uchun bu mish-mishlarning barchasini to‘xtatish kerak ”, - deb ta’kidlaydi parvarishhona mudiri.

Bahorda, Varshava Tabiiy fanlar universitetining hayvonlar genetikasi laboratoriyasining mudiri Zuzanna Novak bu yerga tashrif buyurdi, u butun dunyodagi zubr ma’lumotlarining yagona ma’lumotlar bazasini olib boradi. U namunalar oldi va Podmoskovye zubrining nasl-nasabini mustaqil tasdiqladi.

Ularning genetik xilma-xilligini saqlab qolish va yaqin qarindoshlikni qovushtirishni istisno qilish uchun uzoq populyatsiyalarda tug‘ilgan hayvonlardan juftliklar yaratiladi. 2016-yilda parvarishhonada ikkita oilaga nemis genofondiga ega buqalar boshchilik qildi. Kuzda Shvetsiyadan nar keltirilishi rejalashtirishmoqda. Endi u uchun alohida qo‘ra jihozlanmoqda va rus, nemis va skandinaviyalik yosh urg‘ochilar tanlanmoqda.

1961 yildan beri markaziy zubr parvarishhonasidan 470 bosh boshqa hududlarga yuborildi. Eng katta populyatsiya "Orlovskoe polesye" milliy bog‘ida joylashgan. Podmoskovye zubrlari Kaluga, Bransk, Smolensk va Vologda viloyatlarida yashaydi.

Hammasi bo‘lib, dunyoda yetti mingga yaqin bosh zubr yashaydi. Bu tabiatdan g‘oyib bo‘lgan turni tiklash va boshqa joyga ko‘chirishning yagona muvaffaqiyatli namunasidir. Biroq, u hali ham kam deb hisoblanadi. Rossiyada zubr Qizil kitobga birinchi raqam ostida kiritilgan. Ularni ushbu maqomdan mahrum qilishga juda erta.

Yangiliklar lentasi
0