TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus holati 63 taga ko‘paydi.
“2020 yil 21-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 (+63) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Yangi kasallanganlarning 48 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Shu kunga qadar 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1907 nafar bemor davolamoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.