"Verba" qo‘l zenit-raketa majmuasi har qanday uchuvchisiz apparatni urib tushira oladi

Sovet davrida ishlab chiqilgan Strela va Igla rusumli ko‘chma zenit raketa tizimlarining munosib merosxo‘ri paydo bo‘ldi. "Verba" - 6km uzoqlikda va 4,5 km balandlikda bo‘lgan har qanday uchoqni urib tushirishga qodir.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun - Sputnik, Andrey Kos. Har qanday "qushni" kuzatish va urib tushirish uchun - Rossiya armiyasiga “Verba” so‘nggi ko‘chma zenit-raketa majmuasi (PZRK) qabul qilindi.Ushbu PZRK nimasi bilan noyobligi haqida RIA Novosti materialida.

Shu kunlarda PZRK partiyasi Buratiyadagi havo mudofaasi bo‘linmalaridan biriga topshirildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu bugungi kunda eng zamonaviy qurol bo‘lib, u g‘arbiy analoglari va o‘zidan oldingi tizimlar – “Strela” va “Igla” komplekslaridan jangovar qobiliyati bo‘yicha ancha ustundir. 

Ko‘rinmasni urib tushirish

PZRK tufayli oddiy piyoda askar bir necha soniya ichida narxi millionlab dollar bo‘lgan samolyotni yo‘q qilib yuborishi va shu hududdagi notekisliklarda yashirinib javob zarbasidan qochishi mumkin. PZRKlar 1960-yillarda paydo bo‘lib, urush qoidalarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Bu past balandlikda uzoq masofaga mo‘ljallangan zenit raketalaridan qochishga odatlangan uchuvchilar uchun asosiy xavfdir.

Rossiya harbiylariga yangi S-350 zenit raketa tizimi taqdim etildi

Birinchi “Strela-2” sovet PZRKsi 1968-yilda qabul qilingan va deyarli darhol amalda sinab ko‘rildi. Qiyomat kuni urushida Misr va Suriyaning havo mudofaasi tizimlari ushbu komplekslar bilan 35 ga yaqin Isroil samolyot va vertolotlarini urib tushirgan. Ko‘p hollarda PZRK operatorlari zarba oshirilgunga qadar dushmanga ko‘rinmas bo‘lib qolishgan va yaqin masofalarda ishlashgan.

Keyinchalik takomillashtirilgan va shovqinlarga chidamli “Strela-3” va "Igla" paydo bo‘ldi. Endi esa - «Verba”, u birinchi bor "Armiya 2015" forumida ommaga tanishtirildi.

«Verba” jangovar samaradorligi bo‘yicha oldingi avlod PZRK-laridan sezilarli darajada ustundir, - dedi harbiy mutahassis Aleksey Leonkov RIA Novosti-ga. - XXI asrda “Strela” va “Igla”lar kerakli samara bilan kurasholmaydigan yangi uchuvchi nishonlar paydo bo‘ldi. Men kompozit materiallardan yasalgan kichik, seziluvchanligi past dronlarni nazarda tutayapman. “Verba”ning asosiy xususiyati - bunday nishonlarni ishonchli aniqlash va yo‘q qilish qobiliyati".

Va bu Suriyada isbotlandi. 2017-yil 3-avgust kuni Sharqiy Gutadagi blokpostda rus harbiylari "Jabhat-an-Nusra"* guruhi jangarilarning artilleriyasini zarbasini to‘g‘rilab turishga uchirilgan dron “Verba” bilan urib tushirildi. Bitta zarba yetarli bo‘ldi.

“Stinger”dan yaxshiroq

Albatta, «Verba” nafaqat uchuvchisiz dronlarga qarshi kurashishga mo‘ljallangan. U o‘n metrdan 4500 metrgacha balandlikda va olti kilometrgacha bo‘lgan masofalarda samolyotlar, vertolotlar va qanotli raketalarga zarba berishi mumkin. Masalan, Amerikaning “Stinger”i to‘rt yarim kilometrgacha masofadagi 3500 metrdan baland bo‘lmagan nishonga qarshi samarali. Bundan tashqari, “Verba” 80 kilometr radiusda osmonni kuzatadigan radiolokatsion stansiya bilan jihozlanadi, bu dushmanni oldindan aniqlash va hujum uchun pozitsiyani egallash imkonini beradi.

Turkiyada S-400 raketa zenit tizimi sinovdan o‘tkazilishi boshlandi - video

Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi samolyotlar yoki qanotli raketalarining tezligi va yo‘nalishini hisobga olib, ularni GLONASS bilan belgilanadigan zenitchilar orasida taqsimlaydi. Jangchilar o‘t ochish uchun aniq vektorlarni olishadi. Eng qizig‘i, "Verba""Barnaul-T" taktik majmuasi orqali  umumiy havodan mudofaa tizimiga qo‘shilib, katta radarlar kuzatayotgan havo nishonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.

“Verba” zenit raketasining asosiy xususiyati bu o‘zi nishonga oluvchi kallachasi. Qurolning uch spektrli o‘zi nishonga oluvchi kallachasi yaqin va o‘rta infraqizil, shuningdek, ultrabinafsha diapazonlarda ishlaydi. Bu raketani nishonlarni o‘ta farqlay oladigan qiladi: u samolyot yoki vertolotni soxta issiqlik tuzoqlardan osongina ajratib olishi mumkin. Harbiylarning ishontirishlaricha o‘zi nishonga oluvchi kallachaning sezgirligining oshirilishi hisobiga, havo nishonlarini yo‘q qilish zonasi "Igla-S" PZRK-ga nisbatan ikki yarim baravarga o‘sdi.

Raketaning jangovar qismi – fugasli-parchalanuvchi bo‘lib, og‘irligi ikki yarim kilogrammdir, kontaktli-kontaktsiz portillatuvchi bilan jihozlangan. Nishon tezligi va to‘qnashuv paytida harakat yo‘nalishi yoki uzoqligini hisobga olib  portillaydi. Jangovar qismining quvvati majmua samarali ishlashi balandligida ko‘pchilik uchuvchi apparatlarning dvigatelini ishdan chiqarishga yetarli.

Tungi ov

Boshqa ko‘plab PZRKlar singari, “Verba”ni nafaqat "yelkada" ishlatish mumkin, balki kemalarga, bronetexnika va zarba vertolotlariga yordamchi zenit qurol sifatida o‘rnatish mumkin. Xususan, “Tigr” zirhli avtomobiliga o‘rnatilgan eng so‘nggi “Gibka-S” zenit-raketa majmuasi o‘zida to‘rtta uchiruvchi moslamani mujassamlashtirgan. Muhim yangilik – majmuadan foydalanish “Igla”ga qaraganda ancha yengillashtirilgan. Raketani endi “muzlatish”ga hojat yo‘q - yangi o‘zi nishonga oluvchi kallacha konstruksiyasi azot bilan sovutishni talab qilmaydi. O‘t ochishga tayyorgarlik bir necha soniya davom etadi.

Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan ta’minlanadi

«Verba” har qanday hududlarda, tog‘lar va dengizda, minus 50 dan plyus 50 darajagacha haroratlarda ishlayveradi. Muhim jihati: PZRK tunda ham samarali ishlaydi. Buning uchun maxsus “Maugli-2M” jiluvchi tunda mo‘ljalga olish uskunasi mavjud. Ushbu turdagi zamonaviy majmualarning aksariyati faqat kunning yorug‘ paytida ishlatiladi.

«Verba” parashutchilar arsenalida va bir nechta motoo‘qchi brigadalarida qabul qilinib bo‘ldi. Bundan tashqari, u zenitchi bo‘linmalari, zenit-raketa vzvodlari va batareyalarida qabul qilindi, shuningdek, boshqa birliklarda – “Igla” turkumining minglab komplekslari, shu jumladan C indeksi bilan takomillashtirilganlari.

* Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlangan terroristik tashkilot.