Amerikaliklar jahon terrorizmida “rus izi”ni payqashdi

AQSh Kongressidagi respublikachilar Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, sanksiyalarni kuchaytirishni taklif qilishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik, Galiya Ibragimova. AQSh Kongressidagi respublikachilar Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblashdi. Qonun chiqaruvchilar go‘yoki “Tolibon"*, "Islom davlati"* va "Hizbulloh"* tashkilotlariga homiylik uchun sanksiyalarni kuchaytirishni taklif qilishmoqda. Agar Donald Tramp bu ayblovlarnini qo‘llab-quvvatlasa, Moskva va Vashingtonda terrorizmga qarshi birgalikda kurashishi xavf ostida qoladi. Nega amerikaliklar ikki mamlakat o‘rtasidagi eng samarali hamkorlik sohasini xavf ostiga qo‘yishmoqda, buni RIA Novosti o‘rgandi.

AQSh dushmanlari ambitsiyalarini bostirib turish

“Rossiya terrorizmga homiylik qilmoqda, ammo unga qarshi kurashda hamkor ko‘rinishini olmoqda. Afg‘onistondagi AQSh harbiylari qo‘mondoni Moskvani toliblarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol yetkazib berishda ayblagan. Suriya urushi paytida Rossiya Islomiy inqilobiy qo‘riqchilar korpusi va "Hizbulloh"* bilan bevosita aloqada bo‘lgan. Suriyada Rossiya kontingenti asosan Amerika qo‘llab-quvvatlagan isonchilarga qarshi jang olib borgan. 2015-yil oktabr oyida Rossiya isonchilarga qarshi havo hujumlarini o‘tkazib “ID”* jangarilariga yordam berdi”, - deyiladi “Amerikani kuchaytirish va global tahdidlarga qarshi turish”hisobotida.

Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

Hujjat Vakillar palatasining eng yirik respublikachilar fraksiyalari tomonidan tayyorlangan. Endi prezidentning hampartiyachilari bu yerda ozchilikni tashkil etadi, ammo aynan ular Oq uy siyosatining ilgari suruvchilari hisoblanadilar. Aynan shu sababli bu hisobotga qiziqish katta.

AQSh milliy xavfsizligiga tahdidlar orasida Xitoy birinchi o‘rinda. Rossiya ikkinchi o‘rinda.

"(Respublikachilar Kongressda qabul qilishni taklif qilishayotgan - tahr.) qonun Rossiyaga terrorizmning homiysi sifatida qator iqtisodiy cheklovlarni joriy etish majburiyatini yuklaydi. Sanksiyalar ikki tomonlama foydalanishga ega tovarlarga ta’sir qilishi va terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlayotgan shaxslarning diplomatik daxlsizligini olib tashlashligini nazarda tutishi muhimdir. Terrorchilar qurbonlarining oilalariga AQSh sudlariga da’vo arizalarini berish huquqiga ega bo‘lishlari kerak. Iqtisodiy yordam taqdim etish va qurol sotish taqiqlanishi kerak", - deya tushuntiradi respublikachilar.

Bundan tashqari, ma’ruza mualliflari Amerika saylovlariga aralashgani va amerikaliklarga noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun eski tanbehlarini takrorlashdi. Albatta, Moskva shuningdek, Ukraina va Gruziyadagi siyosiy beqarorlikda ham aybdor.

Kongress a’zolarining asosiy xulosasi: Rossiya AQShning Suriya, Liviya, Venesuela va Chernogoriyadagi manfaatlariga tahdid solmoqda. Shuning uchun sanksiyalar zarur.

Pekinga kelsak, respublikachi strateglar o‘sib borayotgan Xitoy kuchini uzoq muddatli tahdid deb ko‘rib chiqishmoqda. Moskva esa hozirning o‘zida halal berapti.

"Rossiya va Xitoy xalqaro tizimni qayta qurish va odamlarning demokratiyaga bo‘lgan ishonchini yo‘q qilishga qaratilgan", - deya xulosa qiladi hujjat mualliflari.

Birlashtiruvchi terrorizmga qarshi kurash

Endi terrorizmga qarshi kurashishning ko‘p yillik Rossiya-Amerika hamkorligi shubha ostida qolishi mumkin. Davlatlararo munosabatlarning murakkabligiga qaramay, Moskva va Vashington har doim bu sohada umumiy yondashuvga amal qilishgan.

Yaqinda Rossiya prezidenti, o‘tgan yilning oxirida AQSh razvedka idoralari FSB xodimlariga Sankt-Peterburgga yetib kelgan ID* jangarilari haqida xabar berishganini aytib berdi.

Eron TIV AQShning Iroqdagi zarbasini terrorizm deb atadi

"Amerikaliklar bu vaziyatni nazoratiga olishdi. Keyin Moskva bilan bog‘lanishdi. Terrorchilarlar qo‘lga olindi. Men Donaldga ushbu ma’lumotlarni bizga bergani uchun minnatdorchilik so‘zlari bilan qo‘ng‘iroq qildim", - deb tushuntirdi Putin.

Rossiyaning o‘zi ham bir necha bor yordam bergan. 2001-yil 11-sentabr hujumlaridan keyin Moskva darhol Vashingtonni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. NATOning Afg‘onistondagi aksilterror kampaniyasi davrida barcha noharbiy yuklarning yarmi Kobulga Ulyanovsk orqali yetkazilgan. Amerikaliklar ushbu yo‘lakdan 2015-yilgacha faol foydalanishgan.

Yaqin Sharqda AQSh va Rossiya “Al-Qoida”*ga, so‘ngra “Islom davlat”*ga qarshi kurashni muvofiqlashtirganlar.

2013 yilda Rossiya maxsus xizmatlari Federal tergov burosidagi hamkasblariga Amerikada yashaydigan, kelib chiqishi MDHdan bo‘lgan aka-uka Sarnayevlarga e’tibor qaratishini maslahat bergan. Ammo ular maslahatga quloq solmadilar. Sarnayevlar Bostondagi marafonda amalga oshirgan terroristik hujumda uch kishi halok bo‘ldi, uch yuzga yaqin kishi jarohat oldi.

Sochi Olimpiadasi arafasida Moskva va Vashington shubhali odamlar va voqealar haqida bir-birlari bilan intensiv ravishda ma’lumot almashdilar.

"Sog‘lom idrok o‘ldi": AQSh senati Rossiyada "terrorizm sponsori"ni ko‘rdi

Hamkorlik koronavirus pandemiyasi davrida ham to‘xtamadi. May oyida Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Oleg Siromolotov quyidagini gapirdi: "Biz huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlari aloqasi orqali tayyorlanayotgan terrorchilik xurujlari to‘g‘risida ma’lumot almashishda davom etmoqdamiz".

Tarixni yaxshi o‘rganishmagan

“Kongress a’zolarining ma’ruzasi maslahat beruvchi tartibda, ammo Moskvani sanksiyalar bilan jazolash tashabbusi chalg‘ituvchi, - deydi RSMD dasturi direktori Ivan Timofeyev RIA Novosti bilan suhbatda. – Irqchilik asosida noroziliklar, saylovoldi kampaniya kabi ichkm siyosiy muammolar Amerika jamiyatini vayron qildi. Respublikachilar birlashtiruvchi kun tartibini izlashmoqda. Ammo Rossiya, Xitoy, Eron tahdidiga har doim ham ikkipartiyaviy  konsensus topiladi".

Rossiyani terrorizm homiylari safiga qo‘shishni o‘tgan yil oxiridan taklif qilingan – “Amerika xavfsizligini Kreml tajovuzidan himoya qilish to‘g‘risida" gi qonun loyihasi” doirasida, deya eslatadi Timofeyev. Belgilangan sanksiyalar paketi DASKA deb nomlandi, ammo oxir-oqibat qabul qilinmadi.

MDH davlatlari terrorizmga qarshi kurashda harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak – ekspert

"Dekabr oyida Oq uy va Davlat departamenti DASKA-ni qattiq tanqid ostiga oldilar. AQSh ijro hukumati tushunishadi: bu sanksiyalar Rossiyani burchakka qisishga urunishdir. Ammo bunday Rossiya amerikaliklar uchun yanada katta xavf tug‘diradi, shuning uchun loyihadan voz kechildi. Endi esa respublikachilar shunchaki DASKA-ning ko‘plab tartiblarini takrorlashdi, ammo uning asosiy jihatlari hali ham oshiqcha", - deb tushuntiradi Timofeyev.

Ekspertning fikricha, terrorizmga homiylikda ayblovlar, kongressmenlarning tarixni bilmasliklarini ko‘rsatadi. “Agar biroz chuqurroq kovlasak, “Tolibon”* yoki “Hizbulloh”*ning yaratilishi ortida ruslar emas, balki amerikaliklar turganlari ayon bo‘ladi. Respublikachilar tarixni o‘rganishlari kerak”, - deydi u.

Timofeyevning fikricha, Moskva va Vashingtonning terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorligi davom etaveradi. Ammo saylovlar yaqinlashgani sari, populistik tashabbuslar va amerikaliklarga norozi chiqqanlarni jazolashga chaqiriqlar shuncha ko‘payadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.