"Sog‘lom idrok o‘ldi": AQSh senati Rossiyada "terrorizm sponsori"ni ko‘rdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishKapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone
Kapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh senati Davlat departamentini Rossiyani "terrorizm sponsorlari" bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga qo‘shishga chaqirdi. Nega senatorlar aynan hozir shunday da’vat bilan murojaat qilishayotganini Sputnik radiosi efirida ekspert Vladimir Olenchenko tushuntirdi.

Amerikalik senatorlar Rossiyani "terrorizm homiysi" hisoblamoqda, bu haqda AQSh senati xalqaro qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan qonunchilik loyihasida aytilgan. Bunday aniq ifoda rasman qabul qilinishi to‘g‘risidagi qaror davlat kotibi tomonidan hal etiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti qo‘mita axborot-xizmatiga tayangan holda.

Vizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov va Tramp nimalarni muhokama qildi: uchrashuv yakuni

Hujjatga muvofiq, Davlat departamenti rahbari ushbu qonun kuchga kirgan kundan boshlab 90 kun davomida kongressning tegishli qo‘mitalariga ushbu masala yuzasidan o‘z xulosasini bermog‘i lozim. Shu muddat ichida u Rossiya tomonidan nazorat qilinadigan qurollangan tuzilmalar Donbassda ekanligi va ular o‘z-o‘zini mustaqil davlat deb elon qilgan Lugansk hamda Donbassdagi qurollangan tuzilmalar bilan bir qatorda "chet el terroristik tashkilotlari" ta’rifiga mosligi haqida aniq bir qarorga kelishi kerak.

Ayni vaqtda Davlat departamenti tomonidan tuzilayotgan "terrorizm sponsorlari bo‘lgan davlatlar" ro‘yxatiga Eron, Shimoliy Koreya, Suriya va Sudan kiritilgan.

O‘tgan hafta AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Devid Xeyl davlat departamenti Rossiyani terrorizm homiysi deb hisoblamasligini ma’lum qilgandi. U Rossiyaning o‘zi terroristik hujumlar qurbonidir, deya ta’kidlagan.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi savdo-sotiqni mustahkamlashga imkon beradi

Rossiya Fanlar Akademiyasi E.M.Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqotlar institutining yevropa tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi Vladimir Olenchenko ushbu masala aynan hozir o‘rtaga tashlanayotgani bejizdan emasligini qayd etdi.

"Aftidan, demokratlar va respublikachilarning o‘zaro qarama-qarshiligi kutilmagan, g‘oyatda g‘ayrioddiy ko‘rinish olmoqda, sog‘lom idrok tamom bo‘lgan ko‘rinadi. O‘ylashimcha, bu yerda havotirli tomoni (AQSh prezidenti Donald) Trampning (Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey) Lavrov bilan uchrashgani va muloqot konstruktiv xarakterga ega bo‘lgani, yengib bo‘lmaydigan to‘siqlar mavjud emas, degan to‘xtamga kelingani. Tabiiyki, bu Tramp raqiblarini havotirga solgan. Axir kelgusi yil - AQShda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Shunday bir paytda ularda Rossiyani terrorchilar ko‘makchilari ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda sog‘lom idrok hozirgi amerika siyosati bilan umuman chiqishmayapti va u mana shunday g‘ayrioddiy shakllarda o‘zini namoyon etmoqda", - dedi Vladimir Olenchenko Sputnik radiosi efirida.

Yangiliklar lentasi
0