Eron TIV AQShning Iroqdagi zarbasini terrorizm deb atadi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishBashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploshadi v Tegerane
Bashnya Azadi, postroyennaya na odnoimennoy ploshadi v Tegerane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Pentagon AQSh Iroq va Suriyadagi “Kataib Hizbulloh” harakatining beshta obyektlariga zarba berganinini ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Tehron AQShning Suriya va Iroqdagi zarbalarini terrorizm akti deb hisoblaydi va AQShdan mintaqadan ketishni talab qiladi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Abbos Musavi ma’lum qildi.

“AQShning Iroq va Iroq kuchlariga nisbatan harbiy agressiyasi AQSh terrorizmining to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalilidir, (Tehron – tahr.) uni qoralaydi”, - deya Musavi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

 Ministr inostrannix del Islamskoy Respubliki Iran Moxammad Djavad Zarif - Sputnik O‘zbekiston
AQSh mintaqani “ID”dan qutqarishga kelmaydi – Eron TIV rahbari

U AQShdan Iroqning ichki ishlariga aralashishni bas qilishni talab qilgan. Shuningdek, xorijiy qo‘shinlarning mintaqada bo‘lib turishi faqat ziddiyatning oshishiga olib kelishini qayd etgan.

Eron TIV rasmiy vakili AQSh zarba oqibatlarini uchun javobgarligini ta’kidlagan va AQShning mintaqada terrorizm qarshi kurashish uchun bo‘lib turgani to‘g‘risidagi bayonot yolg‘on ekanini qo‘shimcha qilgan.

“Bu hujumlar AQSh “Islom davlati*”ga qarshi kurashish haqida gapirayotib, yolg‘on so‘zlashini yana bir bor isbotladi, zeroki AQSh o‘tgan yillar ID* terrorchilariga jiddiy zarba bergan kuchlarni o‘qqa tutdi”, - dedi Musavi.

Avvalroq Pentagon AQSh Iroq va Suriyadagi “Kataib Hizbulloh” harakatining beshta obyektlariga zarba berganinini ma’lum qilgan edi. Ular buni Iroq bazalariga qayta-qayta takrorlanayotgan hujumlarga javoban deb aytishgan. AQSh Eronni “Hizbulloh”ni moliyalashtirishda ayblaydi.

*”Islom davlati” (IShID, ID) - Rossiya taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0