TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda “sariq” va “yashil” hududlar o‘rtasida quyidagi poyezdlar qatnoviga ruxsat berildi:
Toshkent - Buxoro - Toshkent;
Toshkent - Termiz - Toshkent;
Toshkent - Xiva - Toshkent;
Toshkent - Nukus - Toshkent;
Andijon - Xiva - Andijon;
Andijon - Buxoro - Andijon;
Andijon - Termiz - Andijon.
Transport vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poyezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.
Shuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poyezdlarining qatnovlari yo‘lga qo‘yilishiga ruxsat berildi.
Avtotransport vositalarida yolg‘iz harakatlanayotgan haydovchi tibbiy niqobdan foydalanmasligi mumkin.